«Kinematografiya sohasini yanada rivojlantiriş hamda mamlakatimiz tarixiga bağişlangan filmlar turkumini yaratişga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Kinematografiya agentligiga mahalliy va xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlik asosida «Tirik tarix» dasturi doirasidagi filmlarni yaratişga ruxsat berildi.
Şuningdek, «Kinoçilar uyi» «Özbekiston Milliy kino san’ati saroyi» deb qayta nomlandi.
Qarorga köra, Özbekiston milliy kinematografiyani rivojlantiriş markazi qoşida kinematografiya sohasi uçun örta maxsus mutaxassislarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş maktabi (kinomaktab) taşkil qilinadi.
Respublikadagi oliy va örta-maxsus ta’lim muassasalarida, örta maktablarda kinolektoriylar, tuman (şahar)larda joylaşgan madaniyat markazlarida milliy filmlarning bepul namoyişlari taşkil etiladi.
Bunda, uşbu namoyişlar Milliy kinematografiyani rivojlantiriş markazi huzuridagi axborot-multimedia striming platformasi (uzbekkino.uz) orqali amalga oşiriladi.







