NATO Ukrainada özining maxsus vakili lavozimini taşkil etişni rejalaştirmoqda, deb xabar berdi Foreign Policy 7 iyun, juma kuni manbalarga tayanib. Ularga köra, Şimoliy Atlantika alyansining Ukrainadagi «katta fuqarolik vakili» lavozimi iyul oyida blokning yubiley sammitida taqdim etilişi mumkin. Maxsus vakil ittifoqçilar tomonidan Ukrainaga, jumladan, harbiylarga yordam berişni muvofiqlaştiradi.
Foreign Policy suhbatdoşlari ta’kidlaganidek, bunday qadam NATOga Ukrainaga ham, Rossiyaga ham siyosiy signallar yuboriş imkonini beradi. Alyansning ba’zi vakillari maxsus vakil tayinlanişini Ukrainani qöllab-quvvatlaşdagi navbatdagi qadam deb atasa, boşqalari buni NATOga a’zo bölişga intilayotgan davlat uçun «tasalli mukofoti» deb atamoqda.
Avvalroq AQŞ va Germaniya Rossiya bilan mojaroning kuçayişidan xavotirlanib, joriy yilda Ukrainani NATOga taklif qilişga qarşi çiqqani ma’lum bölgan edi. Turkiya Kiyevga harbiy yordam körsatişni muvofiqlaştiriş ittifoqçilarning mojaroda faolroq iştirok etgani haqida taassurot qoldirmasligi uçun ehtiyotkorlikka çaqirdi.
Ukrainani qöllab-quvvatlaş böyiça çora-tadbirlar paketi bir qismi
Ukrainani Rossiyaga qarşi kuraşda qöllab-quvvatlaş böyiça keng kölamli çora-tadbirlar doirasida NATO maxsus vakilini tayinlaş muhokama qilinmoqda. Uning yana bir qismi Ukrainaga beş yil muddatga 100 milliardlik yordam fondini yaratiş bölişi mumkin, biroq alyans ittifoqçilari NATO boş kotibi Yyens Stoltenbergning tegişli taşabbusini qöllab-quvvatlamadi, deb xabar berdi Bloomberg.
Endi Stoltenberg alyans a’zolarining umumiy miqdori 43 milliard dollar bölgan joriy badallarini saqlab qolişni talab qilmoqda. Mablağning yarmi Qöşma Ştatlar tomonidan berilişi kerak. NATO bu Kiyevni qöllab-quvvatlaş darajasini, ayniqsa, noyabr oyida bölib ötadigan AQŞ prezidentlik saylovlari nuqtayi nazaridan oldindan taxmin qiliş imkonini berişiga umid qilmoqda.
Bu taklif NATO mamlakatlari orasida keng qöllab-quvvatlanmoqda. Bitta savol - Vengriyaning pozitsiyasi, u Ukrainaga yordamni kengaytirişdan boş tortiş imkoniyatini berişni sörayapti.








