Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya yadroviy doktrinasi özgarişi mumkinligini tan oldi. «Yadroviy doktrina - jonli qurol, unga özgartirişlar kiritiş mumkin», dedi Putin Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi («PMEF-2024») nutqi çoğida. Prezident yadro quroli istisno hollarda qöllanişini va Rossiya yadroviy sinovlar ötkazişga qodirligini, biroq hozirça bunga ehtiyoj yöqligini ta’kidladi. Amaldagi yadroviy doktrinaga köra, Rossiya Federatsiyasi yadro qurolidan istisno hollarda, xususan, mamlakat suverenitetiga tahdid tuğilganda foydalanişi mumkin, dedi Putin.

Rossiyaning yadroviy doktrinasida uşbu turdagi qurolni törtta holatda, masalan, Rossiya Federatsiyasi yoki uning ittifoqçilari hududiga ballistik raketa hujumi amalga oşirilganda yoki bu haqida işonçli ma’lumot kelib tuşganida qöllaş mumkinligi belgilangan. Bundan taşqari, doktrina Rossiya Federatsiyasiga «davlatning mavjudligiga tahdid soladigan» oddiy qurollar bilan hujum qilinganda, şuningdek, muhim hukumat yoki harbiy obektlarga hujum sodir bölganda yadro qurolidan foydalanişga ruxsat beradi.

Putin: Yevropa himoyasiz

Putinning sözlariga köra, Rossiya va Qöşma Ştatlar raketa hujumlari uçun eng rivojlangan erta ogohlantiriş tizimlariga ega, ammo Rossiya Federatsiyasida AQŞdan «bir neça barobar köp» yadro qurollari mavjud. «Bu ma’noda Yevropa himoyasiz», dedi Putin.

Şunga qaramay, Rossiya prezidenti «iş heç qaçon yadroviy zarbalar berişgaça yetib bormaydi» degan fikrda. Yadro qurolidan foydalanişning hojati yöq, çunki Rossiya harbiy-sanoat majmuasi «öz samaradorligini oşirmoqda», dedi Putin.