Rossiyaning «Inter RAO»(Rossiyadagi elektr energiyasi import-eksport böyiça yagona operator) energetika kompaniyasi kuzda Özbekistonga elektr energiyasi yetkazib berişni boşlaşi mumkin. Bu haqda kompaniya kuzatuv kengaşi raisi Aleksandra Panina ma’lum qilgan.

«Rossiya elektr energiyasi kerak, u kuzgaça berilişi zarur böladi. Mening öylaşimça, kuzgaça Qozoğistonning rejalari Özbekiston energetika tizimiga qanday hajmlarni ötkazişi mumkinligi borasida aniqroq işlab çiqiladi», - dedi u Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida.

Avvalroq, Rossiya energetika vaziri Sergey Tsivilev ham Rossiya va Özbekiston nafaqat gaz, balki elektr energiyasi yetkazib berişni sezilarli darajada oşiriş böyiça faol muzokaralar olib borayotganini aytib ötgandi.

Ma’lumot uçun, Özbekiston elektr energiyasini Turkmanistondan, yozda esa Qirğiziston va Tojikistondan import qiladi. Afğonistonga esa eksport amalga oşiriladi.