Xerson viloyatining «hokimiyati» Ukraina qöşinlarini 7 iyun, juma kuni Golopristanskiy munitsipal okrugi Sadovoye qişloğini öqqa tutganlikda aybladi. Otişma natijasida 22 kişi halok böldi, dedi Xerson viloyatining egallab olingan qismi «gubernatori» Vladimir Saldo özining Telegram-kanalida.

Uning sözlariga köra, yana 15 kişi jarohat olgan, ulardan 5 nafarining ahvoli oğir. «Hodisa joyida tezkor xizmatlar zarur ehtiyot çoralariga rioya qilgan holda işlamoqda», — deb yozadi u. 

Luhanskni öqqa tutiş 

Şu kuni ertalab Ukraina Qurolli kuçlari egallab olingan Luhanskdagi turar joy binosiga hujum qilgan edi. Mahalliy «hokimiyat» ma’lumotlariga köra, hujumda tört kişi halok bölgan, yana 57 kişi jarohatlangan. 

Şu bilan birga, Luhansk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Artem Lisogor zarbalar Rossiya Federatsiyasi Ukraina bilan uruşda foydalanayotgan «jihozlangan» harbiy infratuzilmaga berilganini aytdi. Uning sözlariga köra, agar Rossiya havo hujumidan mudofaa vositalari «turar joy hududlarida işlamaganida, tinç aholi, ayniqsa bolalar orasida qurbonlar bölmagan bölar edi».