Isroil armiyasi Hamas a’zolari 2023 yil oktyabridagi hujum vaqtida birinçi nişonlardan biri bölgan Nova musiqa festivalidan öğirlab ketganlardan tört nafarini ozod etdi. Ularning barçasi yaxşi holatda bölgan va tibbiy tekşiruvga yuborilgan.
TsAHAL 8 iyun kuni 26 yoşli Noa Argamani, Rossiya va Isroil fuqaroligiga ega 27 yoşli Andrey Kozlov, 22 yoşli Almog Meir Yan va 41 yoşli Şlomi Zivni garovdan ozod etdi.
Isroil mudofaa armiyasi matbuot kotibi Daniel Hagarining sözlariga köra, ular maxsus topşiriqli bölinmaning «aniq razvedka ma’lumotlari asosida, kunning yoruğ vaqtida Ğazo sektori içkarisidagi ikkita alohida binoda ötkazilgan» kompleks amaliyoti natijasida olib çiqilgan (keyinroq Isroil politsiyasi çegara politsiyasi jangçisi Arnon Zmora halok bölganini ma’lum qildi).
Hamas matbuot xizmati ma’lum qilişiça, Isroil harbiylari amaliyoti oqibatida 210 kişi halok bölgan, yana 400 kişi yaralangan. Amaliyot Nuseyratda, aholi tiğiz yaşaydigan qoçqinlar lageri hududida ötkazilgan, aviatsiya va dengiz kuçlari amaliyot ötkazayotgan harbiylarni havodan va dengizdan qöllab-quvvatlab turgan. Amaliyot vaqtida Isroil maxsus topşiriqli bölinmasi komandiri halok bölgan.

Odatda ma’lumotlari nisbatan işonçli böladigan Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi hozirça Isroil amaliyoti çoğida halok bölganlar va jarohatlanganlar töğrisida ma’lumot bermagan.
Bu vaqtda Ğazo sektoridagi ikki şifoxona jami 70 kişining jasadi olib kelinganini ma’lum qilgan. Bungaça Isroil armiyasi rasmiysi Ğazoda zarba oqibatida kamida 100 kişi jarohatlangani töğrisida xabar bergandi.
Falastin muxtoriyati rahbari Mahmud Abbos özi «Isroil kuçlari tomonidan sodir etilgan qonli qirğin» deb atagan hodisa yuzasidan zudlik bilan BMT Xavfsizlik kengaşi yiğilişini ötkazişga çaqirgan.

Ozod etilganlar haqida nimalar ma’lum?
Ozod etilganlar Tel-a-Şomera tumanida joylaşgan va Isroil mudofaa armiyasi bazasi sanaladigan Xaima Şibi nomidagi tibbiyot markaziga tekşiruv uçun olib borilgan.
Isroil janubidagi Beer-Şeva şahridan bölgan 26 yoşli Noa Argamani











