Özbekiston öz tarixida birinçi marta BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengaşiga saylangan. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, 2024 yil 7 iyun kuni Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Nyu-York şahridagi boş qarorgohida 2025-2027 yillar uçun BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengaşi a’zolariga saylov bölib ötgan.

Yaşirin ovoz beriş natijalariga köra, Özbekiston BMTga a’zo davlatlarning 185 nafar ovozini olgan va öz tarixida birinçi marta Kengaş a’zoligiga saylangan.

“Mamlakatimizning BMTning uşbu muhim organiga saylangani Özbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida davlat hayotining barça jabhalarida amalga oşirilayotgan izçil islohotlar xalqaro hamjamiyat va Birlaşgan Millatlar Taşkilotiga a’zo davlatlar tomonidan keng e’tirof etilganidan dalolatdir”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uçun, mazkur Kengaş BMTning asosiy organi bölib, taşkilotning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatini muvofiqlaştirişga mas’ul hisoblanadi. Uşbu tuzilma BMT tizimida barqaror rivojlanişning barça uç yönalişi – iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan rağbatlantiriş böyiça asosiy örinni egallaydi. Kengaş uç yillik muddatga saylanadigan 54 a’zodan iborat.