Ukrainadagi uruşning 836-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Şimoliy Osetiyaga ilk bor dronlar hujum qildi. Mahalliy rasmiylar dronlarning nişoni harbiy aerodrom bölganini aytişgan. Jabrlanganlar yöq. «Ukrainskaya pravda» bu Ukraina mudofaa vazirligi boş razvedka boşqarmasi amaliyoti bölganini xabar qilgan.
  • RF mudofaa vazirligi olti region va Qrimda jami 25 dron yöq qilingani haqida ma’lumot berdi. Belgorod oblastida ibodatxona şikastlangan. Jarohatlanganlar haqida xabar berilmagan.
  • Bloomberg: NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Ukrainaga 100 milliard dollarlik yordam ajratişni közda tutuvçi beş yillik fon tuzişdan boş tortgan.
  • Parijda Moldovaning uç fuqarosi qölga olindi. Ular «Ukrainadagi fransuz askarlari» yozuvli graffitini çizişda gumonlanmoqda.
  • Ukraina harbiy razvedkasi Kupyanskning sobiq meri Gennadiy Matsegorga suiqasd uyuştirilgani haqida xabar berdi. U öta oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan.

Kun kadri. Ukrainalik askar Kramatorskdagi vokzalda öğli bilan

Ukraina şarqida şiddatli harbiy harakatlar keçayotganiga qaramay, Ukraina qurolli kuçlari jangçilarida yaqinlari bilan uçraşiş imkoniyati mavjud. Buning uçun ularning oila a’zolari Donetsk oblastining Kramatorsk şahriga kelişadi
Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images

Luhansk öqqa tutilişi oqibatlari

Ukraina qurolli kuçlari 7 iyun kuni Luhansk böylab zarbalar yöllagan. Natijada köp qavatli turar joy binosi pod’yezdi qulagan. Özini özi e’lon qilgan respublika rasmiylarining sönggi ma’lumotlariga köra, hodisa oqibatida olti kişi halok bölib, 60 kişi jarohatlangan. Yaralanganlar orasida — 8 va 16 yoşlardagi ikki bola ham bor.

FVV xodimlari ukrainlar zarbasidan şikastlangan köp qavatli bino hududida işlamoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Öqqa tutilgan uyda yaşovçi ayol hujumdan keyin öz kvartirasini tozalamoqda