Oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni röyxatga oliş oçilgandan söng dastlab röyxatdan ötgan 623 nafar abituriyentda şunday holat kuzatilgan.
Uşbu holat joriy yil bitiruvçilarining ma’lumotlari ta’lim vazirliklaridan real vaqt rejimida olinişi bilan boğliq bölib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimiga sörov yuborilganda, barçaga bir xil tarzda 2024 yilda Buxoro davlat universiteti Qoraköl akademik litseyini tamomlagani töğrisida ma’lumot qaytarilgan.
Mazkur holat agentlik mutaxassislari tomonidan qisqa vaqt içida aniqlanib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mutaxassislariga boğlangan holda bartaraf etildi.
Umumta’lim maktablarining joriy yil bitiruvçilari töğrisidagi ma’lumotlar Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarning joriy yil bitiruvçilari töğrisidagi ma’lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimlaridan integratsiya orqali real vaqt rejimida olinadi.








