Eronda aviahalokatda vafot etgan prezident Ibrohim Raisiy örniga olti nafar nomzod saylovda qatnaşiş uçun tasdiqlandi. 9 iyun, yakşanba kuni Islom Respublikasi saylov ştabi vakili xabar qilganidek, boşqa da’vogarlar qatorida parlament spikeri va Islom inqilobi muhofizlari korpusi sobiq qömondoni Muhammadboqir Qolibof, şuningdek, Eron oliy yetakçisi oyatulloh Ali Xomanaiy idorasining sobiq rahbari, Tehronning yadroviy muzokaralardagi avvalgi boş vakili Said Jaliliy prezidentlik poygasiga qöşildi. Bu ikkala siyosatçi ham konservativ lager vakillari sanaladi.

Ön ikki nafar ulamo va huquqşunosdan iborat Eron Konstitutsiyasi muhofizlari kengaşi, şuningdek, Tehron meri, konservativ qaraşlarga ega Alirizo Zakoniy, islohotlar tarafdori bölgan Majlis a’zosi Mas’ud Pezeşkiyon, sobiq içki işlar vaziri Mustafo Purmuhammadiy va vitse-prezident Amir-Husayn Ğozizoda nomzodlarini ma’qulladi. 

Ahmadinajodga saylovlarda iştirok etişga ruxsat berilmadi

Keskin bayonotlari bilan maşhur bölgan Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod ham qayta saylaniş uçun hujjatlarni taqdim etgan, biroq yana, 2017 va 2021 yillarda bölgani kabi, unga saylovlarda qatnaşişiga ruxsat berilmadi. Undan taşqari parlamentning sobiq spikeri Ali Larijoniyning nomzodi ham rad etildi. 

Olti nomzod endi saylovoldi taşviqotini rasman boşlaşi mumkin, buning uçun ularga ikki hafta vaqt beriladi. Eronda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 28 iyun kuni bölib ötadi. Agar birinçi turda nomzodlarning heç biri mutlaq köpçilik ovoz ololmasa, ikkinçi tur 5 iyul kuni bölib ötadi. 

Prezident - Eronda vakillik funksiyalarini bajaradigan va mamlakat ijroiya hokimiyatini boşqaradigan ikkinçi muhim mansabdor şaxs. U 4 yil muddatga saylanadi va bu lavozimni ketma-ket ikki muddatdan köp bölmagan holda egallaşi mumkin.

Eron prezidenti vertolyot halokatida vafot etdi 

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy 19 may kuni Eron şimoli-ğarbida vertolyot qulaşi oqibatida halok böldi. U bilan birga Ozarboyjondan qaytayotgan delegatsiya tarkibida taşqi işlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon, Tabriz masjidi imomi Sayid Muhammad Ali al-Hoşem va Şarqiy Ozarboyjon viloyati gubernatori Malik Rahmatiy bor edi.