Isroilda muxolifat yetakçilaridan biri Beni Gans iste’foga çiqişini, boş vazir Binyamin Netanyahu harbiy kabinetini tark etişini e’lon qildi. «Netanyahu bizni haqiqiy ğalabaga (Ğazo sektoridagi HAMAS taşkiloti ustidan) oldinga siljişimizga tösqinlik qilmoqda», dedi Gans 9 iyun, yakşanba kuni televizion çiqişida.
Siyosatçi hukumatni tark etiş qarorini «qiyin va oğriqli» deb atadi. Binyamin Netanyahuning asosiy siyosiy raqibi hisoblangan Gansga köra, u sakkiz oy avval, 2023 yil 7 oktyabrda HAMASning Isroilga qarşi hujumidan söng tuzilgan harbiy kabinetdagi vazirlik lavozimini tark etmoqda, «çunki mamlakatdagi vaziyat va qaror qabul qiliş xonasi özgardi».
Şu bilan birga, Gans Netanyahuni Ğazo sektori uçun uruşdan keyingi strategiyani işlab çiqiş zaruratidan şaxsiy siyosiy manfaatlarini ustun qöyganlikda aybladi. «Muhim strategik qarorlar siyosiy sabablarga köra qat’iyatsizlik va keçikişlar bilan qabul qilinyapti», deb ta’kidladi muxolifatçi siyosatçi va boş vazirni yaqin oylarda saylov ötkazişga çaqirdi.
«Men Netanyahuga murojaat qilaman: saylovlar uçun kelişilgan sanani belgilang», - deya Gans sözlarini keltirgan CNN.
Ğazo sektori uçun uruşdan keyingi strategiyani taqdim etiş talabi
May oyi örtalarida Beni Gans Netanyahuga ultimatum qöyib, agar mamlakat boş vaziri 8 iyungaça Ğazo sektorida uruşdan keyingi vaziyatni tartibga soliş rejasini taqdim qilmasa, iste’foga çiqişini ma’lum qilgan edi.
Vazirlar mahkamasi oltita strategik maqsadga erişiş uçun şunga öxşaş rejani işlab çiqişi kerak, dedi Gans. Ular orasida - garovga olinganlarni HAMAS qölidan ozod qiliş, Ğazo sektorida HAMAS hokimiyatini ağdariş, bu hududni qurolsizlantiriş va u yerda Isroil xavfsizlik nazoratini örnatiş. Şuningdek, uşbu mintaqada AQŞ, Yevropa Ittifoqi, arab davlatlari va falastinliklar iştirokida «fuqarolik boşqaruvining xalqaro mexanizmini» yaratiş zarur, dedi may oyida Gans.
Bundan taşqari, 1 sentabrgaça Şimoliy Isroil aholisini uylariga qaytariş, Saudiya Arabistoni bilan munosabatlarni normallaştirişga intiliş, aholining barça toifalariga taalluqli harbiy yoki milliy xizmat tuzilmasini rivojlantiriş zarur, dedi siyosatçi.









