Vaşingtonning Ukrainani qöllab-quvvatlaşi kuçaygan bir paytda, Rossiya harbiy kemalari ham AQŞ biqinidagi Karib dengiziga yöl oldi. RF harbiy-dengiz kuçlari 12-17 iyun kunlari Kuba poytaxti portida böladi va ikki davlatning dengiz maşğulotlari taşkil etiladi. “Geosiyosat”da tahlilçi Şuhrat Rasul mavzu yuzasidan öz fikrlarini örtoqlaşdi.
— Sovet ittifoqining muhim ittifoqçisi bölgan Kuba bilan Rossiyaning yaqindan munosabatlarni tiklaş jarayonida muhim nuqtalar nimalar?
— 1962 yil oktyabrdagi Karib inqirozida ham, hozir ham mana şu Karib havzasi urğulanyapti, buning öziga xos ma’nosi bor. Sovuq uruş davrida 1962 yil dunyo yadro uruşi yoqasiga kelib qolgan edi. Öşa paytdagi voqealarni biroz oçib bermasak, bugungi bölayotgan işlarni tuşuniş qiyin böladi. 1962 yili 24 mayda SSSR siyosiy byurosi Kuba bilan kelişib, Kubaga yadro raketalarini joylaştiriş böyiça qaror qabul qiladi. Buni amalga oşiriş uçun «Anadyr» operatsiyasi taşkil qilinadi. Operatsiya doirasida Kubaga 90 ortiq yadro zaryadlari, 100 ga yaqin raketalar örnatilişi kerak böladi va operatsiya muvaffaqiyatli böladi.
AQŞ razvedkasi öşa paytda faollik kuzatilganini sezadi, ammo aniq bilolmaydi. Rossiya tomoni savdo kemasi niqobida bir neça oy davomida raketa va yadro kallaklarini joylaştiradi. AQŞ razvedka samolyotlari raketalar startga tayyor holatga kelgandan keyin aniqlagan 14 oktyabrda. Ma’lumotlar töliq yiğilib 16 oktyabrda prezident Kennediga ma’lum qilinadi, AQŞ hukumati şok holatiga tuşadi. Bu voqelik Karib inqirozi deb ataladi va yadro uruşiga eng yaqin kelgan vaziyat hisoblanadi. 27 oktyabrda Kubani blokada qilib, barça tomondan harbiy flot örab oladi. AQŞning razvedka samolyoti Kuba ustidan uçib ötayotganda SSSR tomonidan urib tuşiriladi va mana şu holat Karib inqirozining kulminatsiyasi böladi, ikki tomon ham yadro raketalarni hujumga tayyor holatga keltiradi.
Jon Kennedining ukasi Robert Kennedi SSSR elçisi bilan gaplaşadi Jon Kennedining topşiriğiga köra va şu suhbat bilan uruş xavfining oldini oliş böyiça amaliy qadamlar qöyiladi.
Hozir Rossiya xuddi şu eskalatsiya ssenariysini qaytarmoqçi bölyapti. 4 ta kema, 1 ta suvosti kemasi 12 iyunda Gavana portlariga boradi. Bu kemalar Rossiyaning sönggi turdagi qurollari bilan qurollantirilgan. Eski Oniks raketalar tizimi ham zamonaviylaştirilgan.
Kuba tomoni bu kemalarda yadro quroli yöq, deb alohida urğulayapti. Lekin Rossiya OAVlari Karib inqirozi bilan taqqoslab, hozir ham eskalatsiya şu darajada, AQŞdan takliflar kutyapmiz, deb yorityapti. Ssenariy böyiça «Kennedi» paydo bölib, eskalatsiyani töxtataylik deyişi kerak, ya’ni buning uçun Ukrainaga yordamni töxtatişi kerak reja böyiça. Ammo AQŞ Xavfsizlik kengaşi koordinatori Jon Kelbi Rossiya kemalari kelişini qiziq holat va biz buni kuzatamiz, özimizga xavf körmayapmiz, bu orqali Rossiya bizga emas, özining içki jamiyatiga signal yuboryapti, deb baholadi. Bu baho bilan Rossiya mantiğini yöqqa çiqarib böldi. Agar kemalarda yadro qurollari bölsa, AQŞ eskalatsiyani jiddiyroq qabul qilgan bölardi. Lekin Rossiya tomoni bu kemalarga yadro kallaklari joylaştirmadi. Rossiya ssenariysi ötmay qolyapti, maqsad — Karib inqirozi darajasiga kötarib, muzokaralar boşlaş edi.







