Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmasiga yangi boşliq tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi bojxona qömitasi raisining tegişli buyruği bilan Izzatulla Ğulomov uşbu lavozimda iş boşladi.
I.Ğulomov 1984 yilda Buxoro viloyatida tuğilgan. 2008 yilda Oliy harbiy bojxona institutini, 2021 yilda Özbekiston milliy universitetini tamomlagan. Ma’lumoti böyiça mutaxassisligi – iqtisodçi (bojxona işi sohasida).
Mehnat faoliyati davomida Buxoro va Toşkent viloyatlari hamda Toşkent şahri bojxona boşqarmalari, respublika Bojxona qömitasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
U tayinlovga qadar Bojxona qömitasi şaxsiy xavfsizlik boşqarmasi boşliği örinbosari – Tezkor bölim boşliği lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.








