Rezolyutsiyani yoqlab 14 ta mamlakat ovoz bergan. Rossiya ovoz berişdan özini tiygan, veto qöymagan.
Reja uç bosqiçdan iborat. Uning birinçi bosqiçida öt oçişni vaqtinça töxtatiş, Isroilda hisbda uşlab turilgan falastinliklar evaziga HAMAS jangçilari tomonidan garovda uşlab turilganlardan tiriklarni ozod qiliş, ölganlarining jasadlarini beriş nazarda tutilgan, deb yozadi BBC News. Ikkinçi bosqiçda esa Isroil qöşinlarining Ğazo sektorini töliq tark etişlari, şuningdek “jangovar harakatlarning doimiy asosda töxtatiş” közlangan.
Uçinçi bosqiçda AQŞ va xalqaro hamjamiyatning qöllab-quvvatlaşi bilan mintaqani keng kölamli qayta tiklaş rejasi boşlab beriladi.
Rezolyutsiya qabul qilingaç, AQŞning BMT qoşidagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild sözga çiqib, Xavfsizlik Kengaşining qarorini olqişladi va “bugun dunyo tinçlik uçun ovoz bergani”ni ta’kidlab ötdi.
Rezolyutsiyada qayd etilişiça, Isroil AQŞ tomonidan ilgari surilgan rejaga rozi bölgan. Unda HAMASni ham uşbu taklifni qöllab-quvvatlaş söralgan.
«Har ikki tomon şartlarni keçiktirmasdan va sözsiz bajarişiga qat’iy çaqiriladi», — deya rezolyutsiyadan iqtibos keltirgan Reuters.
BMT Xavfsizlik Kengaşining qarori qabul qilinganidan köp ötmasdan HAMAS rezolyutsiyaning ma’qullanişini olqişlaşini e’lon qildi. Guruh öt oçişni töxtatiş rejasini bajarişga kirişişi hozirça noma’lumligiça qolmoqda, deya qayd etgan The Guardian. Naşrga köra, garçi rezolyutsiya Isroil tomonidan qöllab-quvvatlangani qayd etilgan bölsa-da, Isroil boş vaziri avvalroq bu borada tanqidiy çiqişlar qilgan edi. Xususan, u HAMASning harbiy salohiyati töliq yöq qilinmagunga qadar uzoq muddatli otaşkesim töğrisidagi har qanday qaror istiqbolsiz, deb atagan edi.








