Britaniyaning Financial Times (FT) gazetasiga köra, Mustafo Nayyemning Ukraina tiklaniş agentligi rahbari lavozimidan ketişi Ğarbning Ukraina hukumati va prezident Volodimir Zelenskiyga bölgan işonçiga putur yetkazuvçi Kiyevdagi qator kadr özgarişlari oxirgisi hisoblanadi. «AQŞ va boşqa Ğarb hamkorlari ukrainalik hamkasblari bilan normal, oldindan taxmin qilib böladigan munosabatlarni istaydi», dedi FT telekanaliga 10 iyun, duşanba kuni ismini oşkor qilmaslik şarti bilan Ukraina hukumati rasmiysi.
Uning sözlariga köra, «hozir ular tuşunmagan kadrlar qarorlari tufayli Ukraina hukumatiga işonçini yöqotmoqda». Jami olti nafar ukrain va ğarb mulozimining FT telekanaliga aytişiça, sönggi oylarda Ukraina hukumatidagi qator işdan böşatişlar, iste’folar va özgarişlar Kiyev va Ukraina mudofaasi hamda tiklanişini moliyalaştirayotgan ğarbiy hamkorlar örtasida nizolarga sabab bölgan.
Nayyem va Kubrakovning iste’fosi
Bundan taşqari, Financial Times suhbatdoşlari Zelenskiy va hukumatni kadrlar özgarişini buzğunçi va tuşunarsiz harakatlar deb bilişlari haqida ogohlantirganliklarini ta’kidladi. Gap Mustafo Nayyemdan taşqari, birinçi navbatda, boş vazirning qayta quriş böyiça örinbosari, jamoat, hududlar va infratuzilmani rivojlantiriş vaziri Aleksandr Kubrakovning iste’foga çiqişi haqida ketmoqda, uni işdan böşatiş uçun Oliy rada may oyi boşida ovoz bergan. Ularning ketişi Ukrainadagi hamkorlarga tiklaniş endi ustuvor vazifa emasligidan dalolat beradi, dedi Kiyevdagi Iqtisodiy strategiya markazi ijroçi direktori Gleb Vişlinskiy FT naşriga.
Ukraina tiklaniş agentligi rahbari Mustafo Nayyem Berlinda Ukrainani qayta tiklaş böyiça konferensiya boşlanişi arafasida iste’foga çiqdi. U öz qaroriga hukumat bilan kelişmovçiliklar sabab bölganini aytdi. «Men öz vakolatlarimni samarali bajariş uçun keyingi imkoniyatlarga tösqinlik qilayotgan tizimli muammolar tufayli şunday qaror qabul qildim», — deb yozdi u Facebook’da. Nayyemning sözlariga köra, uning jamoasi 2023 yil noyabr oyidan beri «doimiy qarşilik va sun’iy tösiqlarlarga» duç kelgan.
Boşqa narsalar qatorida, u yöllarni qayta tiklaş va ta’mirlaş loyihalari uçun budjetlar bekor qilinişiga işora qildi. «Men çeklangan resurslarni va harbiy xarajatlarning ahamiyatini tuşunaman, ammo infratuzilmani saqlaş uçun mablağlar bekor qilinişi, birinçi navbatda, mudofaa yöllari holatiga ta’sir qiladi, agar bu bölmasa kelasi mavsumda biz harbiy logistika va mahsulot eksporti bilan boğliq qiyinçiliklarga duç kelamiz», dedi u. Bundan taşqari, Nayyem Ukraina boş vaziri Denis Şmixalni tanqid qildi, u Berlinda Ukrainani qayta tiklaş böyiça konferensiyaga boriş imkoniyatini rad etgan.








