2024 yil 10 iyun kuni keçqurun ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumanida joylaşgan Hisorak suv omborining töğoni yorilgani va katta miqdorda suv oqib ketayotgani haqida vahimali xabarlar tarqaldi.

Buning ortidan ijtimoiy tarmoqlarda suv ombori atrofida yaşaydigan aholi vahimaga tuşib, öz uylarini tark eta boşlagani aks etgan videolar paydo böldi.

Şunda zudlik bilan Şahrisabz tumani hokimi Samad Hasanov hamda Qaşqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boşqarmasi boşliği Farhod Mirzayev Hisorak suv ombori oldida turib, holat böyiça aholiga video murojaat yölladi.

Mutasaddilar suv omborida jiddiy hodisa yuz bermagani, vahimaga örin yöqligini aytib, aholidan öz uylarini tark etmaslikni söraşdi.

Ma’lum bölişiça, 10 iyun kuni «Hisorak GES» UK boşqarmasiga qaraşli suv ombori töğonining çap tarafidan qöşimça tunnel oçiş maqsadida olib borilayotgan muhandislik texnik tadbirlari vaqtida suv sizib çiqişi holati kuzatilgan.

Şundan söng holat darhol Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boşqa tegişli taşkilotlar tomonidan nazoratga olingan. Suv omboriga heç qanday şikast yetmagan. Hodisa oqibatida heç kim tan jarohati olmgan va halok bölmagan.

Hodisa yuz bergan zahoti avariya oqibatini bartaraf etiş maqsadida «Özbekgidroenergo» AJ boşqaruvi raisi rahbarligida viloyat hokimi, FVB, IIB boşliqlari va boşqa mutasaddi taşkilotlardan iborat tezkor ştab tuzilib, maxsus texnikalar yordamida barça zarur muhandislik tadbirlarini bajariş işlari boşlab yuborilgan.

Suv ombori tarixi

Hisorak suv ombori Şahrisabz şahridan 35 km, Miroqi qişloğidan 1,5 km masofada joylaşgan. Uning qurilişi 1977 yilda boşlangan. Uşbu suv omborining asosiy suv manbayi Hisor toğ tizmalaridan oqib keluvçi Oqsuv daryosi hisoblanadi.

Suv omborini qurişdan asosiy maqsad – kuz, qiş va bahor paytlarida Oqsuv daryosining suvi behuda oqib ketişining oldini oliş va ularni töplab yozgi vegetatsiya davrida qişloq xöjaligida foydalaniş bölgan.

Quriliş 10 yildan oşiqroq davom etgan va suv ombori 1988 yilda bitkazilgan. Sinovlar va töğonni qöşimça mustahkamlaş işlaridan söng Hisorak 1990 yilda foydalanişga qabul qilingan.