Qaşqadaryoning Şahrisabz tumanida joylaşgan Hisorak suv ombori bilan boğliq heç qanday xavotirli holat yöq. Bu haqda favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qöldoşev suv omborining quyi qismidan turib bergan videobayonotida ma’lum qildi.

Vazirning aytişiça, keça Hisorak haqida vahimali xabarlar tarqalganidan keyin suv omboriga zudlik bilan Toşkentdan mutaxassislar yetib borgan va holatni örgangan. Örganiş davomida suv omborida favqulodda vaziyat yuz bermagani, suv ombori ştat rejimida işlayotgani, omborning birorta ham parametrida özgariş bölmagani aniqlangan.

Qöldoşevga köra, yoğingarçilik köp bölgani tufayli Hisorakka suv yiğilişi birmunça köpaygan, şu sababli rejali ravişda suv taşlaş işlari amalga oşirilgan. Bunda suv taşlaş paytida suv hajmi sekundiga 40 metr kubni taşkil etgan, bu esa omborning loyihaviy suv taşlaş quvvati (sekundiga 250 metr kub)ga nisbatan ança past.

“Şu sohadagi mutaxassis sifatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligining rahbari sifatida aytaman, hurmatli hamyurtlar, heç qanday vahimaga örin yöq. Bu yerda olib borilayotgan işlar hammasi ştat rejimida va oldindan rejalaştirilgan tizimda davom etyapti”, – dedi vazir.