Uruş davom etayotganiga qaramay, Ukrainada faoliyat yuritayotgan nemis kompaniyalari bu mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatga optimistik qarayapti. Ukrainadagi nemis firmalarining 43 foizi yangi sarmoya kiritişni rejalaştirmoqda, deb xabar berdi KPMG xalqaro auditorlik kompaniyasi 10 iyun, duşanba kuni Germaniya-Ukraina Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda aprel-may oylarida 142 kompaniya örtasida ötkazilgan sörov ma’lumotlariga tayanib.
Şu bilan birga, respondentlarning 42 foizi yaqin 12 oy içida Ukrainadagi iqtisodiy vaziyat yaxşilanişini kutayotganini, yana 10 foizi esa yomonlaşişini ma’lum qilgan.
Ukrainaga sarmoya kiritişning ijobiy va salbiy tomonlari
Ukrainaning qulay sarmoyaviy muhitga bozorga kiriş, malakali kadrlar mavjudligi va uruşdan vayron bölgan mamlakatni qayta tiklaş böyiça xalqaro dasturlar borligi turtki beradi. Kompaniyalar tösiqlar orasida davom etayotgan uruş, xodimlarning xavfsizligi uçun xatarlar va mahalliy korrupsiyani sanab ötgan. Bundan taşqari, Ukrainaning safarbarlik töğrisidagi qonuni işçi kuçi mavjudligini çeklaydi.
Ayni paytda, 11 iyun kuni Berlinda Ukrainani tiklaş böyiça ikki kunlik konferensiya boşlanadi, unda 2 mingga yaqin iştirokçi kutilmoqda. Germaniya hukumati şu bilan Ukrainani qayta tiklaş böyiça uzoq muddatli istiqbolni taqdim etiş va sarmoyalarni rağbatlantiriş niyatida. Boşqa narsalar qatorida, gap Rossiyaning davom etayotgan hujumlari fonida favqulodda yordam körsatiş masalalari haqida ketyapti.








