Polşa janubida kuçli portlaş sodir böldi hamda Mesko qurol va öq-dorilar zavodida yonğin boşlandi. Oqibatda Varşavadan 125 km janubda joylaşgan Sventokşisk voyevodligidagi Skarjisko-Kamenna şahrida 59 yoşli işçi halok böldi, dedi politsiya vakili 10 iyun, duşanba kuni TVN24 telekanalida.

Yonğin öçirildi, hodisa sabablari örganilmoqda. OAV xabarlariga köra, portlaş bir neça yil avval oçilgan raketa yonilğisi markazida sodir bölgan. Zavod direktori Eljbeta Şrenyavskayaning sözlariga köra, portlaş vaqtida binoda uç kişi bölgan. Ulardan biri mustaqil ravişda çiqib kelgan, qolgan ikkisi jarohat olgan, ulardan biri hayotdan köz yumgan, deyiladi xabarda.

Mesko kompaniyasi, boşqa narsalar qatorida, tankka qarşi boşqariladigan qurollar va qisqa masofali köçma zenit-raketa tizimlarini işlab çiqaradi, deya eslatgan dpa.

Polşa xavfsizlik çoralarini kuçaytirmoqda 

May oyi oxirida Polşa boş vaziri Donald Tusk Moskva buyruği bilan Polşa hududida qöporuvçilik tayyorlaşda gumon qilingan 12 kişi hibsga olinganini ma’lum qildi. U, şuningdek, Rossiya maxsus xizmatlari may oyi boşida Varşava şimoli-şarqidagi savdo markazida sodir bölgan yirik yonğinga «qandaydir tarzda aloqador bölişi» mumkinligini aytdi. Öşanda yonğin 1400 ta savdo şoxobçasini yöq qilgan. 

Şundan söng, Polşa Taşqi işlar vazirligi «Rossiyaning Yevropa Ittifoqi va Polşaga qarşi gibrid uruşdagi iştiroki» tufayli rossiyalik diplomatlarning mamlakat böylab harakatlanişini çekladi. Bundan taşqari, Polşa rasmiylari Rossiya tomonidan ehtimoliy qöporuvçilikdan taşvişlanib, Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berişning asosiy tranzit markazi bölgan Jyeşuv-Yasyonka aeroporti atrofida xavfsizlik çoralarini kuçaytirdi. 

Amerikaning The New York Times gazetasi 26 may kuni Yevropada AQŞ va uning ittifoqçilari razvedka xizmatlari vakillari Rossiya bilan boğlagan qöporuvçilik operatsiyalari soni ortib borayotgani haqida yozdi. Ğarb razvedka idoralariga köra, bu amaliyotlar Rossiyaga qarşi uruşda Ukrainani qöllab-quvvatlaşga putur yetkazişga qaratilgan Rossiya kampaniyasining bir qismi bölişi mumkin. Asosan, naşrga köra, Rossiya maxsus xizmatlari turli obektlarga öt qöyişgan. Ular orasida Angliyadagi omborxona, Polşadagi böyoq zavodi, Latviyadagi uylar va Litvadagi IKEA mebel dökoni bor. Ammo Rossiya Federatsiyasi foydasiga işlaganlikda gumon qilinganlar Amerika harbiy bazalariga hujum qilişni ham rejalaştirgan bölişi mumkin. Avvalroq Financial Times ham Rossiya Yevropada diversiyalar rejalaştirayotgani haqida yozgan edi. Iyun oyi boşida Ğarb Rossiyaning Yevropadagi qöporuvçilik harakatlariga javob tayyorlayotgani xabar qilingan edi.