Daniya razvedkasi (PET) 11 iyun, seşanba kuni Rossiya foydasiga josuslikda gumon qilingan ayol qölga olingani haqida ma’lum qildi. PET bayonotida aytilişiça, uşlangan şaxs «xorijiy razvedka xizmatining Daniyada faoliyat yuritişi uçun imkoniyat yaratgan bölişi» mumkin.

Gumonlanuvçini söroqdan keyin qöyib yuboriş rejalaştirilgan. Biroq, iş «hali tergov qilinmoqda» va PET hozirça qöşimça izoh bera olmadi. Idoraning aniqlik kiritişiça, qölga oliş Yevroparlamentga yaqinda ötkazilgan saylovlar bilan boğliq emas, balki OAVda Rossiya suveren fondi haqidagi xabarlar bilan boğliq. 

AFP qayd etişiça, Daniyaning DR jamoat teleradiokompaniyasi va boşqa Yevropa OAV yaqinda 48 mamlakatda faoliyat yurituvçi va Kremlga öz loyihalarini xorijda moliyalaştirişda yordam beradigan Rossiyaning «Pravfond» jamğarmasi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. DR keltirgan hujjatlarga köra, «Pravfond» dezinformatsiya loyihalarini moliyalaşda gumon qilinmoqda. 

YeIda rossiyalik josuslarga qarşi kuraş

Germaniya Konstitutsiyani himoya qiliş federal idorasi (BfV) rahbari Tomas Xaldenvang aprel oyi oxirida DW naşriga bergan intervyusida aytganidek, Rossiya Germaniya manfaatlariga zarar keltiruvçi josuslik va qöporuvçilik faoliyatini «doimiy» amalga oşirmoqda. Xaldenvangning aniqlik kiritişiça, bunday faoliyatni nafaqat Rossiya agentlari, balki «yaşirin işlayotgan va Germaniyaga biznesmen, jurnalist yoki olim sifatida kelgan, lekin aslida Rossiya foydasiga josuslik bilan şuğullanayotgan» kişilar ham amalga oşiradi.

Keyinroq Financial Times (FT) Yevropa uçta maxsus agentligining nomi oşkor etilmagan vakillari sözlariga tayanib, Yevropa Ittifoqi razvedkalari öz hukumatlarini Rossiya tomonidan rejalaştirilayotgan qöporuvçilik va teraktlar tahdidi haqida ogohlantirganini xabar qildi. Rossiya maxsus xizmatlarining bu yönalişdagi faolligi ortib borayotgani haqida tobora köproq dalillar paydo bölmoqda, deb yozadi Financial Times bir qator Yevropa davlatlarining ekspertlariga asoslanib.