Saxalinda yaponiyalik jurnalist josuslik işi böyiça qölga olindi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) maʼlum qilişiça, qölga olingan şaxs – «Hokkaydo Şimbun» naşrining Yaponiya fuqarosi bölgan muxbiridir. Maxsus xizmat uning ismini oçiqlamagan. Jurnalist Rossiyani tark etmoqçi bölganida, Yujno-Saxalinskda qölga olingan. Uni Moskvaga olib ketişgan.
FXX tarqatgan operativ videoda qölga olingan şaxsning yuzi blur qilingan. Aftidan, organ xodimlari jurnalistni mehmonxonada qölga olişgan. Operativ syomka kadrlarida uni texnikani blokdan çiqarişga majburlaşganini köriş mumkin. Jurnalist josuslikda ayblanganida qattiq ajablangan.
FXX versiyasiga köra, qölga olingan şaxs rossiyalik harbiylar haqida maʼlumot töplagan. Maxsus xizmatdagilar jurnalist Yaponiya razvedkasi topşiriği bilan Kuril orollari aholisi orasidan Ukrainadagi uruşga safarbar qilingan va köngillilar soni haqida maʼlumot töplaganini taʼkidlaydi.
Moskvadagi Lefortovo sudi kartoçkasidan maʼlum bölişiça, gap 34 yoşli Imai Yuki haqida ketmoqda. 13-oktabr kuni u josuslik işi böyiça (JK 276-moddasi) hibsga olingan. Jurnalist 20 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.
Imai Yuki Rossiyaga 2014-yildan buyon kelib turadi. «Ostorojno, novosti» naşri aniqlaşiça, u oxirgi bor 2026-yil yozida kelgan (1,2). Imai Yuki Sankt-Peterburg davlat universitetida öqigan hamda Moskva va Peterburgga qilgan sayohatlaridan fotosuratlar çop etgan. U postlarida «sovetlar harbiy texnikasi, şuningdek, rus madaniyati – klassik musiqa, balet va sovet kinosiga qiziqişi»ni tan olgan. Qölga oliş videosida esa jurnalistning çamadonida Ivan Buninning kitobi yotganini köriş mumkin.
Sönggi paytlarda jurnalist Davlat dumasiga saylovlar va Xabarovskda SSSRning Yaponiya ustidan qozongan ğalabasi şarafiga yodgorlik oçilişi haqida materiallar eʼlon qildi, deb yozadi «Ostorojno, novosti». Şuningdek, uning maqolalari RF va Şimoliy Koreya örtasidagi munosabatlarni mustahkamlaşga bağişlangan.












