12 iyun, seşanba kuni Isroil harbiylari va ommaviy axborot vositalarining xabar berişiça, Livanning «Hizbulloh» harakati Isroil şimoliga raketa zarbalari bergan. Havo hujumi haqida ogohlantiriş Jalilaning köplab aholi punktlarida, jumladan Safed va Tiberiya şaharlarida yangradi, deb yozadi The Jerusalem Post.

The Times of Israel gazetasi TsAHALga tayanib, Livan hududidan Isroil şimoliga kamida yuzta raketa uçirilganini aniqlaştirdi. Bu 2023 yil oktyabr oyida Isroilning HAMAS guruhiga qarşi uruşi boşlanganidan beri «Hizbulloh» tomonidan amalga oşirilgan eng yirik hujumlardan biridir. 

Isroil armiyasi ma’lumotlariga köra, Livandan otilgan 90 ga yaqin raketa mamlakat havo hududini kesib ötgan, ularning bir qismi tutib olingan, qolganlari bir neça joyga tuşib, yonğin çiqişiga sabab bölgan. Hujum oqibatida jabrlanganlar va halok bölganlar haqida ma’lumotlar yöq.

Isroil hukumati rasmiy vakili Eylon Levi ijtimoiy tarmoqda Isroil havo hujumidan mudofaa kuçlari osmonda raketalarni tutib olgani aks etgan videoni joylaştirdi.

«Hizbulloh» yuqori martabali qömondonining yöq qilinişi

Bir neça soat oldin OAV Livan janubiga Isroil hujumi uyuştirilgani, natijada «Hizbulloh»ning yuqori martabali qömondoni Taleb Sami Abdulloh halok bölgani haqida xabar bergan edi. Xabarlarga köra, u «Hizbulloh» harbiy tuzilmasida «general» lavozimni egallagan va Ğazo sektoridagi uruş paytida öldirilgan guruhning eng yuqori martabali qömondoni bölgan. Keyinçalik uning ölimi haqidagi ma’lumot Livan manbalari tomonidan tasdiqlangan.

Sky News telekanalining arab tahririyatiga köra, Taleb Sami Abdulloh va uning şeriklari joylaşgan binoga berilgan zarba natijasida «Hizbulloh»ning yana kamida uç qömondoni halok bölgan. Isroil hodisaga rasman izoh bermadi.