Osiyoda JÇ-2026 ikkinçi saralaş bosqiç sönggi turi doirasidagi navbatdagi öyinlar bölib ötdi. Özbekiston milliy jamoasi safarda Eronga qarşi saf tortdi.
Tehrondagi «Ozodi» öyingohida ötgan bahs oldidan har ikki jamoa muddatdan avval guruhdan keyingi bosqiçga yöl oliş masalasini hal qilgan bölsa-da, bahs murosasiz va keskin kuraşlar ostida ötdi.
Sreçko Katanets şogirdlari forslarga qarşi uçraşuvda raqibdan heç bir jabhada qolişmay, gohida maydonda ustunlik ham qila olişdi. Birinçi bölimda deyarli yakkama-yakka vaziyatda Oston Örunovdan omad yuz ögirdi.
Ikkinçi bölimda Eldor Şomurodov örniga Abbosbek Fayzullayev maydonga tuşgaç, hujumkorlik pasaygani yöq. Ammo Eronni muxlislari qarşisida mağlub etişning imkoni topilmadi. Toşkentdagi bahsda bölgani kabi kuçlar teng keldi – 0:0.
Şu tariqa, Eron va Özbekiston E guruhini 14tadan oçko bilan yakunlab, forslar peşqadam sifatida, vakillarimiz esa 2-örin bilan hal qiluvçi bosqiçga yöllanma oldi.
JÇ-2026 saralaşi. 6-tur
11 iyun (seşanba)
Eron – Özbekiston – 0:0
Hakam: Kim Jong Xyok (J.Koreya)
Eron: 1. Alirizo Beyronvand, 4. Şojai Xalilzoda, 2. Soleh Hardaniy, 13. Husseyn Ka’noniy, 5. Milod Muhammadiy, 14. Saman Quddus, 21. Omid Nurafkon (6. Muhammad Qurboni, 74), 16. Mehdi Turobiy, 7. Alirizo Jahonbaxş, 20. Sardor Ozmun, 9. Mehdi Toremiy.
Özbekiston: 1. Ötkir Yusupov, 2. Abduqodir Husanov, 4. Farrux Sayfiyev, 5. Rustam Aşurmatov, 7. Otabek Şukurov (6. Diyor Xolmatov, 71), 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jaloliddin Maşaripov (21. Azizbek Amonov, 71), 11. Oston Örunov, 13. Şerzod Nasrullayev, 14. Eldor Şomurodov (22. Abbos Fayzullayev, 57), 23. Husniddin Aliqulov.
Ogohlantirişlar: Abduqodir Husanov, 18.













