Rossiya mustaqil matbuoti «FBK» bilan birgalikda 12 iyun, çorşanba kuni siyosiy mahbuslarni qöllab-quvvatlaş maqsadida «Sen yolğiz emassan» deb nomlangan marafon ötkazmoqda. Aksiya taşkilotçilari orasida «Mediazona», «Meduza», «Dojd», şuningdek, «FBK»ning «Populyarnaya politika» va «Navalnyy Live» loyihalari bor. Marafon translatsiyasi ertalab soat 9 da boşlandi.

Qutb doirasi ortidagi koloniyada vafot etgan rossiyalik muxolif siyosatçi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya aksiyada iştirok etişga çaqirdi. «Rossiyada siyosiy repressiyaga uçraganlar uçun yagona translatsiya va xayriya yiğiş böladi. Albatta qöşiling!» - deya u ijtimoiy tarmoqlardagi obunaçilarga murojaat qildi. 

Siyosiy mahbuslarni qöllab-quvvatlaş böyiça ikkinçi marafon 

Rossiyalik siyosiy mahbuslarni qöllab-quvvatlaş marafoni ikkinçi marta ötkazilmoqda. 2023 yilda kampaniya davomida 40 million rublga yaqin pul yiğişga muvaffaq bölindi, deya xabar beradi Navalniy jamoasi. Uşbu mablağlarning katta qismi mahbuslar, ularning qarindoşlari va repressiyadan qoçganlarga ötkazildi. Xayriyalar yordamida jarimalar va advokatlarning iş haqi ham tölangan. Bundan taşqari, pulning bir qismi siyosiy mahbuslarni qöllab-quvvatlovçi taşkilotlarga ötkazildi.