Qimmatli qoğozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qoğozlar çiqarilişlarini davlat röyxatidan ötkaziş qoidalariga kiritilayotgan qöşimçalarga muvofiq:
- yaşil iqtisodiyotni rivojlantirişga qaratilgan loyihalar uçun korporativ obligatsiyalarni çiqarişga yöl qöyiladi;
- yaşil korporativ obligatsiyalarni çiqariş va muomalasi böyiça uslubiy qöllanma Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Yaşil korporativ obligatsiyalarni çiqariş uçun qöşimça ravişda quyidagilar taqdim etiladi:
- Xalqaro kapital bozorlari assotsiatsiyasi (ICMA) tomonidan vakolat berilgan yoki Iqlim obligatsiyalari taşabbusi (CBI) tomonidan tasdiqlangan yoxud Yevropa qimmatli qoğozlar va bozorlar boşqarmasi (ESMA) tomonidan röyxatdan ötgan ixtisoslaştirilgan taşkilotlardan asos dasturi böyiça yaşil standartlarga muvofiqlik sertifikatini olganlik töğrisidagi xulosa nusxasi, şuningdek yaşil obligatsiyalarni çiqariş uçun asos dasturi;
- korporativ obligatsiyalarni joylaştirişdan tuşgan mablağlardan foydalaniş maqsadi va ularning Özbekiston milliy “yaşil” taksonomiyasi va/yoki boşqa ekvivalent taksonomiyalar talablariga muvofiqligi böyiça emitent rahbari va boş buxgalterining imzolari bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma.
Şuningdek, obligatsiya çiqariş töğrisidagi qaror va emissiya risolasida:
- obligatsiyalarni joylaştirişdan tuşgan mablağlarni milliy yaşil taksonomiya va/yoki boşqa ekvivalent taksonomiyalar talablariga muvofiq işlatiş maqsadi töğrisida ma’lumot;
- milliy yaşil taksonomiya va/yoki boşqa ekvivalent taksonomiyalar talablari doirasida erişiladigan rejalaştirilgan natijalar (KPI) töğrisida ma’lumot;
- yaşil standartlarga muvofiqlik sertifikatining mavjudligi, şuningdek, bunday sertifikatni bergan taşkilot töğrisidagi ma’lumotlar aks ettirilişi lozim.







