Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer Kiyevni Rossiya hujumidan mudofaa masalalarida Germaniya qöllab-quvvatlaşda davom etişiga işontirdi. «Biz Ukraina tomonida qolamiz», dedi u 11 iyun, seşanba kuni keçqurun Berlinda Ukrainani qayta tiklaş böyiça konferensiya iştirokçilari uçun ziyofatda. Ştaynmayyerning sözlariga köra, şu kuni ertalab u ukrainalik hamkasbi Volodimir Zelenskiy bilan suhbatlaşib, unga va’da bergan: «Biz sizni va mamlakatingizni qança kerak bölsa, şunça qöllab-quvvatlaymiz! Tiklanişda ham sizni qöllab-quvvatlaymiz!»
Germaniya davlati rahbari Ukrainada normal hayotni tiklaşning tört jihatiga işora qildi. Uning işonçi komilki, iqtisodiyotning tiklanişi hal qiluvçi ahamiyatga ega, şuning uçun mamlakat hozir ham, yaqin yillarda ham «kelajakka sarmoyaga» muhtoj.
Bundan taşqari, Ştaynmayyerning sözlariga köra, ijtimoiy va kommunal darajada qayta tiklaş muhim ahamiyatga ega. «Uruş tufayli Ukraina deyarli butun bir avlodni - yoş avlodni yöqotdi, ammo Ukrainaning kelajagi bilimli va ğayratli yoşlarga boğliq, - deb ta’kidladi Germaniya prezidenti. - Ularning ertangi kunga bölgan işonçini qöllab-quvvatlaşimiz kerak, buning uçun maktab va boğçalar, elektr va yöllar, şifoxonalar va universitetlar kerak, bir söz bilan aytganda, infratuzilmasiz kelajak yöq».
Frank-Valter Ştaynmayyer e’tibor qaratgan törtinçi mavzu - Ukrainaning Yevropa kelajagi. «Işonçim komilki, Ukrainaning kelajagi Yevropa Ittifoqiga boğliq, şuning uçun ham Ukraina a’zolikka nomzod bölganligi va muzokaralar hozirgi qiyin paytlarda boşlanişi muhim. Bu köplab ukrainaliklarga jasorat va umid baxş etadi».
Ukrainani qayta tiklaş böyiça uçinçi konferensiya
11-12 iyun kunlari Berlinda bölib ötgan Ukrainani tiklaş böyiça ikki kunlik konferensiyada Volodimir Zelenskiy, Germaniya kansleri Olaf Şols, şuningdek, 60 ta davlatdan yana ikki mingga yaqin iştirokçi – siyosatçilar, xalqaro taşkilotlar, biznes, fuqarolik jamiyati, munitsipalitetlar va hududlar vakillari qatnaşmoqda.
Ukraina bilan hamkorlikda taşkil etilgan konferensiyani ötkaziş orqali Germaniya hukumati Ukrainaning tiklanişiga uzoq muddatli istiqbolni taqdim etiş va sarmoyalarni rağbatlantiriş niyatida. Bundan taşqari, gap Rossiya Federatsiyasi tomonidan davom etayotgan hujumlar tufayli favqulodda yordam körsatiş masalalari haqida ketyapti.
Jahon banki ma’lumotlariga köra, Rossiya Federatsiyasining harbiy tajovuzidan Ukrainaga yetkazilgan zarar kamida 486 milliard dollarni taşkil etadi. Şunga öxşaş konferensiyalar 2022 yilda Şveytsariyaning Lugano şahrida va 2023 yilda Londonda bölib ötdi.








