Ukrainada uruşning 839-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Şveytsariyadagi tinçlik sammitida Rossiya qöşinini Ukrainadan olib çiqiş masalasi muhokama etilmaydi — Rossiya bilan aloqalarni qöllayotgan davlatlar iştiroki tufayli.
  • Mash va Baza manbalari Kupyanskning sobiq meri Gennadiy Matsegor şifoxonada vafot etganini xabar qildi, bir neça kun oldin unga suiqasd amalga oşirilgandi.
  • Oq uy Amerika qurollarini «Azov»ga yetkazib berişga qöyilgan taqiqni bekor qildi. Bunday taqiq olti yil muqaddam joriy etilgandi.
  • Sobiq advokat va «Çto? Gde? Kogda?» öyini iştirokçisi Ilya Novikov armiya töğrisidagi «feyk» işi böyiça sirtdan sakkiz yarim yilliq qamoq jazosiga hukm qilindi.
  • Yevrokomissiya rahbari Ukraina iyul oyida Rossiya aktivlaridan daromad hisobidan bir yarim milliard yevro olişini ma’lum qildi. Bu mablağning katta qismi qurol sotib olişga yönaltiriladi.
  • Rossiya mudofaa vazirligi Belarus iştirokida yadrov kuçlar maşğulotlarining ikkinçi qismi boşlanganini ma’lum qildi.
  • Şimoliy Osetiyada Su-34 samolyoti qulab tuşdi. Ekipaj a’zolari halok bölişgan.

Zelenskiy Ukrainani tiklaş böyiça konferensiyada

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 11 iyun kuni Germaniyaga bordi. U GFR kansleri Olaf Şols va prezident Frank-Valter Ştaynmayyer bilan uçraşdi, parlamentda nutq sözladi va Ukrainani tiklaş böyiça konferensiyada qatnaşdi. Zelenskiy taşrif çoğida Germaniya hukumati va xalqiga, şuningdek Ukrainaning boşqa ittifoqçilariga qöllab-quvvatlov uçun minnatdorçilik bildirdi. 11 iyun kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Ukraina ehtiyojlari uçun iyul oyidayoq Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan 1,5 milliard yevro yönaltirilişini ma’lum qildi. Bu mablağning 10 foizi Ukrainani tiklaş uçun, qolgan qismi — mamlakat mudofaasi ehtiyojlariga yönaltiriladi.

Olaf Şols va Volodimir Zelenskiy Ukrainani tiklaş böyiça konferensiya doirasida matbuot vakillari bilan uçraşuv oldidan
Ebrahim Noroozi / AP / Scanpix / LETA

Donetsk oblastidagi ukrain tankçilari

Donetsk oblastida Ukraina qurolli kuçlarining boşqa bölinmalari qatorida Yakov Gandzyuk (şoh armiyasi general-mayori bölgan, Ukraina xalq respublikasini qöllagan va bolşeviklar tomonidan öldirilgan) nomidagi 59-alohida motopiyodalar brigadasi ham jang qilmoqda. 59-motopiyodalar brigadasida T-72 tanklari mavjud.