Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 11 iyun, seşanba kuni bundestagda nutq sözladi. Bu Ukraina prezidentining Germaniya parlamentidagi birinçi nutqi böldi – bundan oldin Zelenskiy 2022 yil mart oyida nemis deputatlari bilan video-aloqa orqali gaplaşgan. Bundestag a’zolari Zelenskiyning nutqini ön martadan ortiq qarsaklar bilan töxtatib qöyişdi va nutq sönggida köp daqiqalik qarsaklar kuzatildi.
«Uruşni Yevropa manfaatlari yölida tugatamiz»
Zelenskiy öz nutqini Rossiya bilan uruşda Ukrainani qöllab-quvvatlagani uçun Germaniya xalqi va hukumatiga minnatdorçilik bilan boşladi. «Siz yordam berdingiz, yordam beryapsiz. Germaniyaga rahmat», dedi u. Zelenskiyning ta’kidlaşiça, Yevropa aholisining köp avlodlari tinçlikda yaşay olmagan. «Madaniyat qit’asi bölişi kerak bölgan, odamlar qit’asi bölişi kerak bölgan, uruşsiz qit’a bölişi kerak bölgan Yevropaning orzusi şuning uçun ham katta kuçga ega böldi», deb ta’kidladi Ukraina prezidenti. U «qit’ada davom etayotgan va yanada kengroq qarama-qarşilikka aylanib qoliş xavfini tuğdiradigan» uruşni töxtatiş uçun Yevropa hamma narsani qilişiga işonçi komil ekanligini qöşimça qildi.
«Biz bu uruşni tugatamiz, uni Ukraina manfaatlari, butun Yevropa, barçamiz va bizdan keyin keladiganlar manfaati yölida tugatamiz», deb va’da berdi Volodimir Zelenskiy va janglar Kiyev şartlariga köra yakunlanişi kerakligini qöşimça qildi.
«Uruş boşlaganlar tinçlikni abadiy unutişi kerak»
Şundan söng, Zelenskiy öz nutqida Germaniya tarixidagi ikki qismga bölingan vaqtni esladi. «Şuning uçun siz bizni tuşuna olasiz. Rossiyaning bizni bölişga, Ukrainani bölişga urinişlariga qarşi bunçalik qattiq kuraşayotganimizni, nega mamlakatimizning ayrim qismlari örtasida devor örnatilişi oldini oliş uçun hamma narsani qilayotganimizni tuşunasiz», dedi u. Ukraina prezidenti uruş tugaganidan keyin ukrain xalqini xörlaşga yöl qöymaslik kerakligini ta’kidladi, ukrainaliklar esa «xotirjamlik» va «uruşni munosib tugatiş»ga loyiqdir.
«Uruş boşlaganlar esa, aksinça, tinçlikni abadiy unutişi, uruş uçun javobgarlikni öz zimmasiga olişi, bu uruşning har bir keçasi uçun adolatli javob berişi kerak», dedi Zelenskiy. Uning qöşimça qilişiça, Rossiyaning barça mumkin bölgan aktivlari Ukrainani uruşdan keyingi rekonstruksiyasi uçun işlatilişi kerak va bu «heç qanday murosasiz» amalga oşirilişi kerak. «Ular şaharlarimizni yoqib yuborib, qotillarini mukofotlay boşlaganida, kelişuvlar örniga qotilliklarga pul tikişni boşlaganida, murosaga keliş vaqti tugab böldi», dedi u.








