Samarqand viloyatining Narpay tumanida sud diniy mazmundagi materiallarga layk bosgan yigitni aybdor deb topmadi. Sud iş suriştiruv organi tomonidan notöğri malakalangan deb hisobladi. Bu köp kuzatilavermaydigan holat.

Kun.uz örgangan sud hujjatida keltirilişiça, 2024 yilning 19 fevral kuni Samarqand viloyati Narpay tuman IIB xodimlari tomonidan tumanda yaşovçi 20 yoşli O.Ş. öziga tegişli telefondan You tube ijtimoiy tarmoğidagi profilida saqlanayotgan diniy mazmundagi ma’ruzalar, fikr va fatvolarini eşitib kelgani aniqlangan. Yigitga tegişli Redmi 8T telefoni daliliy aşyo sifatida olinib, unga nisbatan Narpay tuman IIB profilaktika inspektori S.Izzatullayev tomonidan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 184-2-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravişda tayyorlaş, saqlaş, olib kiriş yoki tarqatiş) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan hamda sudga yuborilgan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita ekspertlar guruhining 2024 yil 6 mart kungi IG-073 xulosasiga köra, yigit layk bosgan diniy mazmundagi ma’ruzalar, fikr va fatvolari körinişidagi materiallarni Özbekiston Respublikasi hududiga olib kiriş, tayyorlaş va tarqatiş taqiqlanişi ma’lum qilingan. Sudda söralgan O.Ş. You tube’dagi öz profilining tarixida saqlanayotgan diniy mazmundagi ma’ruzalarga layk bosganini, ammo ularni tarqatmaganini, heç kimga körişni taklif qilmaganini bildirgan va işni qonuniy körib çiqişni söragan.

Sudda iştirok etgan mutaxassis You Tube ijtimoiy tarmoğida layk bosiş qöllab-quvvatlaş ekanini, yigitning harakatlarini tarqatiş deb hisoblab bölmasligini ma’lum qilgan.

Sud O.Ş.ga nisbatan töplangan ma’muriy iş materiallarini har tomonlama tahlil etib, uning sodir etgan harakati suriştiruv organi tomonidan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 184-2-moddasi bilan notöğri malakalangan deb hisoblagan. Sud qarori bilan iş tugatilgan.

Oldinroq navoiylik keksa ayol 5 yil oldin “Odnoklassniki.ru” sahifasida diniy ma’ruzaga “klass” bosgani uçun 3 yilga ozodlikdan çeklangandi.