Ukrainada uruşning 840-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya Kriviy Rih böylab raketa zarbasi yölladi. Töqqiz kişi halok böldi, 29 kişi yaralandi.
- AQŞ Mosbirja va Milliy kliring markaziga sanksiyalar qölladi. Mosbirja 13 iyundan dollar va yevro bilan savdo qilişni töxtatdi.
- Stoltenberg Ukrainaga qurol yetkazib beriş NATOning barça mamlakatlari uçun majburiyatga aylanişini ma’lum qildi.
- Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi: Ukraina Rossiyaning Qrimdagi raketa kompleksiga zarba berdi.
- Financial Times Rossiya bankida Ukrainadan olib çiqilgan tört nafar voyaga yetmagan yetim bolalar haqidagi anketa ma’lumotlarini aniqladi.
- «Sistema»: yettita kompaniya uruşdan keyin paydo bölgan «Rostov patron zavodi»ni sudga berdi. U mudofaa vazirligi nomidan maşinalar sotib olgan va pulini tölamagan.
- Rossiya qöşini Kiyev va Ukrainaning boşqa regionlariga dronlar hamda raketalar bilan hujum uyuştirdi.
- Belgorod oblasti ukrainlar tomonidan öqqa tutilişi vaqtida snaryadlardan biri kvartiraga kelib urilgan. Tinç aholi vakili halok bölgan.
Ukraina qurolli kuçlarining Xerson oblastidagi zenit quroli
Xerson oblastida regionning bir qismini okkupatsiya qilgan Rossiya qöşini Dniproning öng sohilidagi ukrain qöşinlarini muntazam ravişda artilleriyadan öqqa tutib, ularning pozitsiyalariga dronlar bilan hujum uyuştirmoqda. Ukraina QK bu hujumlarni qaytariş uçun, boşqa vositalar qatorida ZU-23-2 zenit qurilmalaridan foydalanmoqda. Bu qurollar 1960 yilda SSSRda işlab çiqilgan, ammo zamonaviy dronlarga qarşi ham samarali bölib çiqdi.

Ivan Antypenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainaning okkupatsiya qilingan oblastlarida Rossiya kuni
12 iyun RFda davlat bayrami — Rossiya kuni nişonlandi. Unga bağişlangan tadbirlar Rossiya hukumati «yangi regionlar» deb atovçi Ukrainaning bosib olingan hududlarida ham ötkazildi. Xususan, TASS ma’lumotiga köra, Luhanskda bayram munosabati bilan «Donbassdagi ilk siringariy» paydo böldi — Mudofaa köçasidagi sirenalar boğida „Velikaya Pobeda“, „Vetka mira“ va „Krasavitsa Moskva“ kabi nomlardagi 300 tup köçat ötqazilgan. RF hukumatiga aloqador hisoblangan «Xalq fronti»ning yoşlar qanoti özini özi e’lon qilgan «DXR» va «LXR»da, şuningdek Ukrainaning Xerson va Zaporijjya oblastlarining anneksiya qilingan qismlarida trikolor lentalari va havo şarlari tarqatgan.



















