Rossiyaning «Kazan» atom suvosti kemasi, «Sovet Ittifoqi floti admirali Gorşkov» fregati, «Akademik Paşin» örta dengiz tankeri va «Nikolay Çiker» qutqaruv buksiri Havana portiga yetib keldi, deb xabar qildi 12 iyun, çorşanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi.
«Şimoliy flot kemalar otryadi yuqori aniqlikdagi raketa qurollaridan foydalaniş böyiça maşğulotlarni yakunlab, norasmiy taşrif bilan Havana portiga yetib bordi», — deyiladi press-relizda. Aniqlik kiritilişiça, «maşq davomida fregat va atom suvosti kemasi ekipajlari 600 kilometrdan ortiq masofada joylaşgan soxta duşmanning harbiy-dengiz guruhlarini körsatuvçi kompyuter modellaştiriş yordamida yuqori aniqlikdagi raketa qurollarini qöllaşni maşq qiladi».
Ka-27 vertolyoti «Sovet Ittifoqi floti admirali Gorşkov» fregatidan havoga kötarildi, «Kazan» suvosti kemasi «suvosti holatida» maşğulot ötkazdi.
«Sovet Ittifoqi floti admirali Gorşkov» fregati va «Kazan» atom suvosti kemasi zamonaviy yuqori aniqlikdagi raketa qurollari, şu jumladan «Tsirkon» gipertovuşli raketalari, «Kalibr» qanotli raketalari va «Oniks» kemalarga qarşi raketalarining taşuvçilari hisoblanadi», deb eslatadi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Kubaning Rossiya harbiy kemalari kelişi haqidagi xabari
6 iyun kuni Kuba inqilobiy qurolli kuçlari vazirligi 12-17 iyun kunlari törtta rus harbiy kemasi Havana portida bölişini ma’lum qildi.
«Uşbu taşrif Kuba va Rossiya Federatsiyasi örtasidagi tarixiy döstona munosabatlarga mos keladi hamda Kuba iştirok etuvçi xalqaro qoidalarga qat’iy muvofiqdir, - deb ta’kidlangan press-relizda. - Heç bir kema yadroviy qurolni olib yurmaydi. Ularning mamlakatimizda töxtaşi mintaqa uçun xavf tuğdirmaydi».
May oyi örtalarida Rossiya ommaviy axborot vositalari Rossiya Mudofaa vazirligining «Tsirkon» raketalari bilan qurollangan «Admiral Gorşkov» fregati boşçiligidagi Şimoliy flot kemalar otryadi «uzoq sayohatga» çiqqani haqida xabar tarqatdi. «Safarning asosiy maqsadi - bayroqni namoyiş qiliş va harbiy-dengiz flotining uzoq okean zonasi operatsion muhim hududlarida mavjudligini ta’minlaş», - deya Rossiya mudofaa vazirligidan iqtibos keltirgan «RBK» naşri.








