12 iyun, çorşanba kuni Lyuksemburgdagi Yevropa Ittifoqi umumiy yurisdiksiya sudi Rossiyaning VEB.RF davlat korporatsiyasining YeI kengaşiga qarşi da’vosini rad etdi. Da’vo arizasida Yevropa Ittifoqining sanksiyalar röyxatidan çiqarib taşlaş söralgan. «Da’vo rad etildi VEB.RF davlat taraqqiyot korporatsiyasi öz xarajatlaridan taşqari, Yevropa Ittifoqi kengaşi tomonidan qilingan xarajatlarni tölaşi kerak», deyiladi sud qarorida.

AQŞ: VEB Rossiya mudofaa qobiliyatini saqlab qolişda alohida rol öynaydi 

Yevropa Ittifoqining VEBga qarşi sanksiyalari 2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga qarşi harbiy hujumi boşlanganidan söng deyarli darhol joriy qilingan. Öşanda AQŞ Moliya vazirligi davlat korporatsiyasi Rossiya va uning iqtisodiyoti mudofaa qobiliyatini saqlaşda alohida rol öynaydigan davlat organi ekanligini ta’kidlagan. VEB.RF, şuningdek, davlat qarziga xizmat körsatgan, eksportni moliyalaştirgan, investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oşirgan. 2022 yil mart oyida Yevropa Ittifoqi VEB.RFni xalqaro banklararo SWIFT tizimidan uzişga qaror qildi. Davlat korporatsiyasi sanksiyalar va SWIFT’dan uziliş ustidan Yevropa Ittifoqi sudida e’tiroz bildirişga harakat qildi. Bu iş böyiça sud majlislari 2024 yil yanvar oyida bölib ötgan. 

Sud materiallaridan ma’lum bölişiça, davlat korporatsiyasi unga nisbatan kiritilgan çeklov çoralariga e’tiroz bildirgan bölib, Yevropa Ittifoqi qarori qabul qilinganda, «e’tiroz qilingan qoidalar asos bölgan faktlarni baholaşda aniq xatolarga yöl qöyilgan»ligini körsatgan. Şu munosabat bilan VEB.RF sanksiyalar röyxatiga kiritilişi haqidagi qarorni bekor qilişni, şuningdek, YeI kengaşini sud jarayoni bilan boğliq holda kompaniya körgan xarajatlarni tölaşga majburlaşni talab qildi. 

YeI yangi sanksiyalar paketini tayyorlamoqda 

Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanganidan beri YeI kengaşi 13 ta sanksiya paketini ma’qulladi, ikki mingdan ortiq jismoniy va yuridik şaxslar çeklovlar ostida qoldi. Çeklov çoralari Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi aktivlarni muzlatiş bilan boğliq. Jismoniy şaxslarga qöşimça ravişda sayohat taqiqlanadi, bu esa ularning Yevropa Ittifoqiga kirişiga yoki Yevropa Ittifoqi orqali tranzit ötişiga tösqinlik qiladi. Hozirda 14-sanksiya paketi kelişib olinmoqda. EUobserver ma’lumotlariga köra, Rossiya va xorijiy 52 kompaniya çeklovlarga duçor böladi. Iyulgaça yangi sanksiyalar böyiça kelişib oliş rejalaştirilmoqda.