Britaniya AQŞ ortidan Rossiyaning «uruş maşinasini» zaiflaştirişga qaratilgan sanksiyalar röyxatini kengaytirdi. Britaniya hukumati saytida 13 iyun, payşanba kuni e’lon qilingan hujjatga köra, çeklovlar «Rossiya moliya tizimining asosini taşkil etuvçi institutlar», jumladan, Moskva birjasi, Milliy kliring markazi va Milliy hisob-kitob depozitariysini öz içiga olgan. 

Ta’kidlanişiça, har uçala moliya instituti «strategik ahamiyatga ega bölgan sektorda biznes yuritiş orqali Rossiya hukumatidan imtiyozlar oliş yoki uni qöllab-quvvatlaşda iştirok etgan va bunda davom etmoqda». Sanksiyalar röyxatiga, şuningdek, «SPB-Birja», «Ingosstrax» kompaniyasi, «Volga-Dnepr» aviataşuvçisi, Qozon va Tambov porox zavodlari hamda yana bir neça önlab yuridik şaxslar, jumladan dengiz taşuvçilar, kimyo va maşinasozlik korxonalari, şuningdek, Xitoy, Isroil, Qirğiziston va Turkiya kompaniyalari kiritildi. 

«Soyadagi flot»ga qarşi sanksiyalar 

Bundan taşqari, Britaniya birinçi marta «soyadagi flot»ning oltita kemasiga sanksiyalar kiritdi. Ular, Britaniya hukumatiga köra, Rossiya tomonidan Ğarb sanksiyalarini çetlab ötiş va rus neftining tösiqsiz savdosini davom ettiriş uçun foydalaniladi. Şuningdek, bir qança şaxslar, jumladan, Moskva birjasi boşqaruvi raisi Yuriy Denisov, tadbirkor Ivan Tavrin, «Insayt» investitsiya guruhi asosçisi Avet Mirakyan, «Gruppy Astra» egalaridan biri Denis Frolov va S8 Capital guruhi egasi Armen Sarkisyanga nisbatan çeklovlar joriy etildi.

Boş vazir Rişi Sunak Britaniya «erkinlik uçun kuraşda doimo Ukraina bilan yelkama-yelka turişini» aytdi. «Bugun biz Rossiyaning uruş maşinasini moliyalaş qobiliyatini çeklaş uçun sanksiyalar orqali yana iqtisodiy bosimni kuçaytirmoqdamiz, - dedi Sunak. - U yutqazişi kerak va uni uzoq davom etgan mojaroni moliyalaş qobiliyatidan mahrum qiliş juda muhim». 

AQŞ Mosbirja va boşqa yuzlab taşkilotlarga qarşi sanksiyalar kiritdi 

12 iyun kuni AQŞ moliya vazirligi Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga aloqador şaxslar va kompaniyalarga qarşi yangi sanksiyalar paketini e’lon qildi. Röyxatga Rossiya, Xitoy, Turkiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Bolgariya, Serbiya, BAA, Belarus, şuningdek, Britaniya Virjiniya orollarida röyxatdan ötgan 33 nafar şaxs hamda 300 ga yaqin kompaniya va taşkilotlar kiritilgan.  

Boşqalar qatorida, Moskva birjasi, Milliy kliring markazi (MKM) va Rossiya Federatsiyasining Milliy hisob-kitob depozitariysi ham çeklovlarga duç keldi. Amerika Moliya vazirligining ma’lumotlariga köra, Rossiya hukumatining Moskva birjasiga kapitalni jalb qiliş çoralari Rossiya Federatsiyasi va boşqa mamlakatlar fuqarolari uçun «Rossiya suveren qarziga sarmoya kiritiş orqali Kremlning harbiy maşinasidan foyda oliş imkoniyatlarini kengaytiradi».