Litva Seymi 13 may, payşanba kuni harbiy xizmatni isloh qiliş böyiça qonunlar töplamini ma’qulladi. Tegişli hujjat mamlakat parlamenti saytida e’lon qilindi. Qabul qilingan özgartişlarga köra, yoşlar maktabdan söng darhol — 17 yoşdan boşlab harbiy xizmatga yaroqliligini aniqlaş uçun tibbiy körikdan ötişi kerak böladi. Qonun loyihasiga 85 deputat ovoz berdi, 3 nafari qarşi çiqdi, 14 nafari esa betaraf qoldi.

Özgartirişlar kuçga kirgandan söng, Litva maktablarining 18 yoşdan 22 yoşgaça bölgan bitiruvçilari 9 oylik majburiy harbiy xizmatga çaqiriladi. Harbiy xizmatni ötaşdan oldin yigitlar oliy öquv yurtlariga kira olmaydi. Şu bilan birga, «Litva armiyasida yetişmayotgan kasblarni egallagan» universitet bitiruvçilari faqat uç oyga çaqiriladi.

«Litvaning NATO va Yevropa Ittifoqiga a’zoligi, geosiyosiy vaziyat va davlat xavfsizligiga yuzaga kelişi mumkin bölgan tahdidlarni inobatga olgan holda yaratilgan milliy mudofaani yetarli darajada ta’minlaş va harbiy xizmatni huquqiy tartibga soliş maqsadida Seym harbiy xizmat töğrisidagi qonunning yangi tahririni tasdiqladi», deyiladi press-relizda.

Çaqiruv tenglik tamoyillariga asoslanadi

«Uşbu qonunning eng muhim jihatlaridan biri şundaki, unda hamma uçun amal qiladigan tamoyil mavjud: qaysi oiladan bölişi, ota-onasi kimligi muhim emas. Hamma bir xil mas’uliyatga ega», - deyiladi mamlakat boş vaziri Ingrida Şimonitening bayonotida.

Qayd etilişiça, maktab öquvçilari uçun dastlabki tibbiy köriklar 2025 yilda ötkaziladi va ular islohot kuçga kirgan 2026 yilda muddatli harbiy xizmatga çaqiriladi. Litvada muqobil xizmat muddati 10 oydan 12 oyga uzaytirildi. Ixtiyoriy harbiy xizmatni ötaş istagida bölgan mamlakat fuqarolari 39 yoşga tölgunga qadar harbiy xizmatni ötaşi mumkin.

Germaniya va Litva örtasidagi mudofaa hamkorligi 

2022 yil örtalaridan boşlab Litvada Rheinmetall tomonidan Krauss-Maffei Wegmann (KMW) mudofaa kompaniyasi bilan birgalikda oçilgan harbiy texnikaga texnik xizmat körsatiş markazi işlamoqda. U Germaniya tomonidan Ukrainaga berilgan Leopard 2 jangovar tanklarini ta’mirlaydi. 

Bundan taşqari, Ukrainada Rossiya Federatsiyasi töliq miqyosli harbiy harakatlar boşlaganidan keyin, şuningdek, Rossiya Federatsiyasining NATOning şarqiy qanotidagi tahdidlariga javoban Germaniya Litvada bundesver zirhli tank brigadasini joylaştirişga qaror qildi. Birinçi nemis qöşinlari, şu jumladan, bundesverning 10-tank diviziyasi allaqaçon mamlakatga yetib kelgan. Brigada 2027 yilgaça xizmatga kirişi kutilmoqda.