Özbekiston va Janubiy Koreya rahbarlari Toşkentdagi muzokaralar yakunlarini yuqori baholadi. Yetakçilar muzokaralar döstona muhitda, konstruktiv va işonçli muloqot ruhida ötganini ta’kidladi. 

Mirziyoyev Janubiy Koreyani jahonda jadal taraqqiy etib borayotgan mamlakatlardan biri, Özbekistonning vaqt sinovlaridan ötgan alohida strategik hamkori ekanini ta’kidladi. 

– Janubiy Koreya bizdan ança olisda joylaşgan bölsa-da, xalqlarimizning urf-odat va qadriyatlari, ma’naviy olami va dunyoqaraşi bir-biriga öxşaşdir. Biz yaqin döst sifatida olijanob va bağrikeng koreys xalqi erişayotgan katta muvaffaqiyatlardan behad quvonamiz va faxrlanamiz, dedi Özbekiston rahbari. 

Mirziyoyev koreys hamkasbi bilan muzokaralar çoğida özaro manfaatli hamkorlikni yanada çuqurlaştirişning ustuvor yönalişlari belgilangani, yangi reja va marralar olinganini ta’kidladi. Hamkorlikning barça mexanizmlariga tizimli tus beriş, tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş, özaro savdoda muvozanatni ta’minlaş muhimligiga alohida e’tibor qaratildi. 

Iqtisodiy hamkorlik böyiça Hukumatlararo qömita va taşqi siyosat idoralari örtasida Strategik muloqotning birinçi yiğilişi natijalari yuqori baholandi. 

Özbekiston rahbari Janubiy Koreya prezidenti bilan birga mamlakatimizga katta işbilarmonlar delegatsiyasi kelganini mamnuniyat bilan ta’kidladi. 

Bugungi biznes forumida Janubiy Koreyaning 80 dan ortiq yetakçi kompaniyalari iştirok etayotgani va 9,6 milliard dollarlik yangi loyihalar töplami tayyorlangani savdo-iqtisodiy hamkorlikka kuçli turtki berişiga işonç bildirildi. 

Yaqin yillarga möljallab Özbekiston-Janubiy Koreya alohida strategik şerikligining yangi yuqori texnologiyali kun tartibini şakllantiriş zarurligi ta’kidlandi. 

Şu maqsadda yetakçilar Özbekistonda mintaqaviy yuqori texnologik xab taşkil etiş böyiça Strategik dasturni tayyorlaşga kelişib oldilar. 

Öta muhim mineral resurslar, yarimötkazgiçlar, kimyo, maşinasozlik, “aqlli” qişloq xöjaligi, infratuzilma va şaharsozlik, “yaşil” energetika sohasidagi hamkorlik strategiyaning tayanç yönalişlari sifatida belgilandi.