Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol örtasida bölib ötgan samarali muzokaralar yakunlari böyiça ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli töplami qabul qilindi.
Davlat rahbarlari Alohida strategik şeriklikni yanada çuqurlaştiriş va har tomonlama kengaytiriş töğrisidagi qöşma bayonotni imzoladilar.

Davlat taşrifi doirasida jami 17 ta hujjat, şu jumladan:
– Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamğarmasi bilan hukumatlararo bitim;
– Koreya Eksport-import banki va Hyundai Rotem kompaniyasi bilan tezyurar elektr poyezdlarini xarid qiliş va yetkazib beriş töğrisida bitimlar;
– Koreya Eksport-import banki bilan örta maktablar uçun fan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uskunalarini yetkazib beriş töğrisida bitim;
– «Toşkent Farma Park» innovatsion farmatsevtika klasteri loyihasini amalga oşiriş töğrisida bitim;
– Özbekiston davlat xizmatçilari salohiyatini oşiriş sohasida hamkorlik töğrisida bitim;
– taşqi işlar vazirliklari örtasida 2025–2027 yillarga möljallangan hamkorlik dasturi;
– Jahon savdo taşkiloti doirasida hamkorlik töğrisida bayonnoma;
– Madaniyat sohasida hamkorlik töğrisida bayonnoma;
– Transport sohasida hamkorlik töğrisida kelişuv;
– Özbekiston hududlarida markazlaşgan issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qiliş böyiça hamkorlik töğrisida kelişuv;
– Öta muhim minerallar sohasida şeriklik töğrisida kelişuv;
– Savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça Özbekiston-Koreya qöşma qömitasi faoliyatini qöllab-quvvatlaş töğrisida kelişuv;
– Malakali va professional kadrlar tayyorlaş böyiça hamkorlik töğrisida memorandum;
– Qişloq xöjaligi sohasida hamkorlik töğrisida memorandum;
– “Özsanoatqurilişbank” AJ bilan Koreya Eksport-import banki örtasida banklararo master-kredit liniyasi töğrisida bitim imzolandi.















