RBK ma’lumotlariga köra, Yevropaning Euroclear depozitariysi AQŞ yangi sanksiyalari tufayli Rossiya aktivlarini blokdan çiqarişni töxtatdi. Vaşington Rossiya Federatsiyasining Milliy hisob-kitob depozitariysini (MHD) qora röyxatga kiritgaç, Bryussel uning iştirokidagi aktivlarga xizmat körsatiş böyiça barça jarayonlarni töxtatdi, deb yozadi rus naşri 15 iyun, şanba kuni Euroclear kompaniyasining mijozlarga yöllagan xatiga tayanib. 

Hujjatda aytilişiça, depozitariy sanksiyalarning Euroclear Bank’ga ta’sirini tahlil qilmoqda. «Keyingi xabarga qadar, MHD bilan bevosita yoki bilvosita boğliq bölgan aktivlarga xizmat körsatiş jarayonlari töxtatildi», deya ta’kidlanadi ma’lumotda. 

Hujjatning haqiqiyligini RBK’ga Mind Money Yevropa brokeri rahbari Yuliya Xandoşko tasdiqladi. Öz navbatida, BGP Litigation yuridik firmasining hamkori Sergey Glandin belgiyalik hamkorlar ma’lumotlariga tayanib, Euroclear tanaffus olganini bildirdi. RBK’ga bergan intervyusida ekspertlarning tuşuntirişiça, Yevropa depozitariysi MHD iştirokida aktivlarga xizmat körsatişni töxtatib qöyişi Rossiya kompaniyalari aktivlarini blokdan çiqariş jarayonini muzlatiş bilan barobar. 

OAV: Rossiya kompaniyalari S tipidagi hisoblardan Euroclear pullarini olgan

Avvalroq Rossiyaning bir neçta kompaniyalari Euroclear mablağlarini S toifadagi hisobvaraqlardan qaytarib olişga muvaffaq bölgani haqida xabar berilgan edi, bunda Moskva «döst bölmagan» norezidentlarga tegişli qimmatli qoğozlardan tuşgan daromadlarni bloklaydi. Rosbank hamda «Gazprom» va VEB.RFning şu’ba korxonasi bölgan «Lider» boşqaruv kompaniyasi sudda ğalaba qozonganidan keyin pul mablağlarini qaytarişda muvaffaqiyatga erişdi, deb yozadi «Vedomosti» jarayon bilan taniş bölgan ismi oşkor etilmagan suhbatdoşiga tayanib. 

Şu bilan birga, arbitraj sudlari Euroclear’ga qarşi törtta da’voni qanoatlantirdi – Rosbank, «Lider», Ms banki va «Sankt-Peterburg» bankining, yakka tartibdagi investor tomonidan Euroclear’ga qarşi yana bir da’vo esa umumiy yurisdiksiya sudi tomonidan qanoatlantirildi, deya qayd etdi naşr. Bu işlar böyiça jami 18,4 milliard rubl (taxminan 193,3 million yevro) musodara qilinişi mumkin. 

Belgiyada joylaşgan Euroclear depozitariysi Moskvaning Ukrainadagi uruşi sababli joriy etilgan sanksiyalar natijasida muzlatilgan Rossiya aktivlarini saqlaydi. 

MHDga qarşi sanksiyalar