Hukumat qarori bilan, elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalaniş qoidalari yangi tahrirda tasdiqlandi. Yangi qoidalarga asosan, elektr energiyasini tejaydigan qurilmalar örnatgan iste’molçilar rağbatlantiriladi.
Energetika vazirligining ma’lum qilişiça, iste’molçilarga tasarrufidagi mavjud eski elektr qurilmalarini yangi energiya tejamkor qurilmalarga almaştiriş natijasida iqtisod qilingan elektr energiyasi hajmiga 3 yil davomida amaldagi tarifga nisbatan 15 foiz çegirma beriladi.
Bunda:
- Iste’molçilar elektr qurilmalarni almaştiriş jadvali va uning natijasida erişiladigan iqtisodni nazarda tutuvçi dasturni taqdim etgandan söng, “Özenergoinspeksiya” 10 kun muddatda uşbu dasturning asoslanganini körib çiqadi va natijasi böyiça kelişadi yoki asoslantirgan holda kelişişni rad etadi;
- tasdiqlangan dasturga asosan amalga oşirilgan işlar natijasida iqtisod qilingan elektr energiyasi hajmi energiya auditor tomonidan örganiladi va uşbu hajmlar böyiça xulosa beriladi;
- energiya auditor xulosasi “Özenergoinspeksiya” va hududiy elektr ta’minoti korxonasiga taqdim etiladi va ijobiy xulosa taqdim etilgan kundan boşlab çegirmalar qöllanadi.
Avvalroq elektromobilni uyda quvvatlaşni rağbatlantiradigan tungi tarif joriy qilinişi, köp energiya sarflaydigan kompaniyalar har 3 yilda energiya auditidan ötkazilişi haqida xabar berilgandi.







