Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar paketi böyiça bahsda Germaniya kansleri Olaf Şols Yevropa kompaniyalarining jazolarni buzgani uçun javobgarligi töğrisidagi bandni bekor qilişni talab qilayotgan Berlin pozitsiyasini tasdiqladi. Şu bilan birga, Şols Germaniya yangi sanksiyalar qabul qilinişiga tösqinlik qilayotgani haqidagi da’volarni rad etdi. «Yöq, biz ularga tösqinlik qilmayapmiz», dedi u 15 iyun, şanba kuni Italiya janubida bölib ötgan «Yettilik guruhi» (G7) sammiti doirasida ZDF telekanaliga bergan intervyusida. 

Germaniya hukumati rahbarining sözlariga köra, sanksiyalar böyiça «intensiv iş» jarayon boşqa iştirokçilari bilan birgalikda, xususan, Germaniya sanoati vakillari bilan kelişilgan holda olib borilmoqda. 

Olaf Şols Berlindagi rasmiylarning pozitsiyasini eksportga yönaltirilgan Germaniya iqtisodiyotiga Rossiyada bölmasligi kerak bölgan tovarlarni boşqa mamlakatlarga eksport qilişni davom ettiriş imkoniyatini taqdim etiş istagi bilan izohladi. Welt telekanaliga bergan intervyusida kansler kompaniyalar faoliyatiga xalaqit bermaydigan yeçimlar zarurligini aytdi. «Bu amaliy masala, prinsipial emas», - deya ta’kidladi u. 

Şols: Germaniya - yangi Vengriya emas 

Şu bilan birga, Şols Germaniya va Vengriya örtasidagi yangi sanksiyalar paketini qabul qiliş böyiça taqqoslaşni rad etdi. Yevropa Ittifoqi rasmiylaridan birining «Germaniya, bu avvalroq Rossiya Federatsiyasiga qarşi Yevropa sanksiyalari qabul qilinişiga va Kiyevga yordam körsatilişiga bir neça bor tösiq qöygan yangi Vengriya» degan bayonotiga izoh berar ekan Olaf Şols, «bu çiroyli, lekin butunlay bema’ni ibora», dedi.

Bir kun oldin Reuters agentligi Germaniyaning pozitsiyasi tufayli Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarşi 14-sanksiya paketi böyiça kelişa olmagani, u, xususan, Rossiya suyultirilgan gazini qayta yuklaşni taqiqlaşni öz içiga olgani haqida xabar bergan edi. Berlinning e’tirozlari nemis sanoatiga potensial ta’sir körsatişi sababli şu’ba korxonalar javobgarligi töğrisidagi bandga tegişli edi. 

Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi uruşni hal qiliş böyiça Şveytsariyadagi tinçlik sammiti boşlanişidan oldin yangi sanksiyalarni ma’qullaşini e’lon qilişi kutilgandi. Rossiyaga qarşi jazo çoralarining navbatdagi muhokamasi 19 iyunga belgilangan.