Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan Ukraina bilan tinçlik muzokaralari uçun ilgari surilgan şartlar jiddiy emas va Italiyada bölib ötgan «Yettilik guruhi» sammitida muhokama qilinmadi, dedi Germaniya kansleri Olaf Şols tadbir doirasida. Bu bayonotlar Şveytsariyada oçilgan Ukraina böyiça tinçlik konferensiyasi bilan boğliq, dedi u 15 iyun, şanba kuni Germaniyaning ZDF telekanaliga bergan intervyusida.
ARD telekanalida Şols Putinning talablarini rad etib, ularni majburiy tinçlik istagi deb atadi. Rossiya imperialistik harakatini hujjatlarda qayd etişni taklif qilmoqda, deya ma’lum qildi u Italiya janubidagi Bari şahrida. «Bizga majburiy emas, balki hududiy yaxlitlik va suverenitetga asoslangan halol va adolatli tinçlik kerak», - deya qöşimça qildi Germaniya kansleri.
Uning sözlariga köra, konferensiyaning Şveytsariyada oçilişi, garçi u yerda keng kölamli qarorlar qabul qilinmasa ham, şunday tinçlikka qöyilgan birinçi qadamdir.
Şols Rossiyaning navbatdagi anjumanda iştirok etişini zarur deb hisoblaydi
Şu bilan birga, Şols Ukraina böyiça navbatdagi konferensiyada qöşni davlatga qarşi uruş boşlagan Rossiya vakillari iştirok etişi kerakligiga işonç bildirdi. Uning sözlariga köra, Şveytsariyada bölib ötadigan tinçlik sammiti keyingi konferensiyaga asos solişi kutilmoqda. «Va biz u yerda Rossiyaning iştiroki haqida ham gaplaşamiz», deya qöşimça qildi u. Şols sözlariga köra, Şveytsariyadagi konferensiyada ular «ösişi kerak bölgan diplomatik niholni suğoradilar».
ARD telekanaliga bergan intervyusida u Putin bilan muzokaralar kelajakda bölib ötişini istisno etmadi. «Bunday suhbat faqat aniq bir narsani muhokama qiliş kerak bölganda mantiqiy böladi», dedi u.
Bir kun avval Putin Taşqi işlar vazirligi rahbariyati bilan uçraşuvda Kiyev Ukrainaning Rossiya tomonidan egallab olingan törtta hududidan qöşinlarini olib çiqib, NATOga qöşilişdan boş tortgani, Ğarb esa sanksiyalarni bekor qilişini e’lon qilsa, Rossiya Ukrainada öt oçişni töxtatişga tayyorligini aytdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bu bayonotlarni «işonib bölmaydigan ultimatum» deb atadi.
Ukraina böyiça beşinçi konferensiya
15 iyun kuni Şveytsariyaning Lyutsern kantonida oçiladigan tinçlik sammiti Rossiya tinçlik jarayonidagi iştiroki uçun aniq yöl xaritasini yaratişga qaratilgan. Ikki kun davom etadigan anjumanda 90 dan ortiq davlat vakillari iştirok etmoqda. Rossiya unga taklif qilinmagan, Xitoy iştirok etişdan boş tortgan. AQŞ tomonidan vitse-prezident Kamala Xarris iştirok etmoqda.








