Toşkentda sovrin jamğarmasi 166 ming dollar bölgan UzChess Cup 2024 xalqaro turniri yakunlandi. Kuçlilar guruhida birinçi örinni özbekistonlik grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev (FIDE reytingida 2665 oçko) egalladi.

Musobaqa 6 iyundan 14 iyunga qadar uç guruhda ötkazildi. Eng kuçli Masters guruhida 10 nafar şaxmatçi iştirok etdi.

9 raund yakuniga köra, Nodirbek Yoqubboyev 5,5 oçko bilan birinçi böldi. Nodirbek Abdusattorov (Özbekiston, 2766) ham şunça oçko töpladi, ammo qöşimça körsatkiçlarga köra ikkinçi örinda qoldi. Uçinçi örinni 5 oçko bilan xitoylik Yu Yangyi (Xitoy, 2728) qölga kiritdi.

Musobaqada Şaxriyor Mamedyarov (Ozarbayjon, 2734), Parham Maqsudlu (Eron, 2732), Aleksandr Grişçuk (Rossiya, 2728), Yu Yan’i (2728), Santoş Gujrati (Hindiston, 2721), Riçard Rapport (Ruminiya, 2715), Aleksey Sarana (Serbiya, 2706), Javohir Sindarov (2684) ham iştirok etdi.

Birinçi örin uçun 25 ming dollar, ikkinçi örin uçun 20 ming va uçinçi örin uçun 15 ming dollar mukofot belgilandi. Törtinçi va beşinçi örinlar har biri 10 000 dollardan oldi.