Ukrainada uruşning 843-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Şveytsariyada Ukraina tomonidan taşkillaştirilgan tinçlik sammiti oçildi. Uning birinçi kunida Volodimir Zelenskiy Şveytsariya prezidenti Viola Amerd bilan birgalikda matbuot anjumanida iştirok etdi.
  • NYT RF va Ukraina 2022 yilgi muzokaralarda muhokama qilgan, ammo baribir imzolamagan kelişuv matnini e’lon qildi.
  • GFR kansleri Olaf Şols Putinning harbiy harakatlarni töxtatiş böyiça taklifini «jiddiy emas» deb atadi.
  • Rostov oblasti gubernatori Kamensk-Şaxtinskiyga dronlar hujumi haqida xabar berdi. Uşbu şaharda raketa yonilğisi işlab çiqaradigan yirik kimyoviy korxona mavjud.

Şveytsariyadagi tinçlik sammiti

Şveytsariyaning Byurgenştok kurort şahrida 15 iyun kuni Ukraina 2022 yil kuzida taklif etgan «tinçlik formulasi»ni muhokama qiliş uçun ikki kunlik sammit boşlandi. Tadbirda «formula»dagi ön punktdan uçtasi muhokama qilinadi — yadroviy xavfsizlik, oziq-ovqat xavfsizligi, şuningdek, asirlar almaşinuvi hamda Rossiyaga deportatsiya qilingan ukrainalik bolalarni vatanga qaytariş masalalari.

Sammitga 90 dan ortiq mamlakatdan vakillar kelgan, Rossiyani bu konferensiyaga taklif etişmagan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy buni RF vakillari «barçasini bloklaşi, barçasini buzişi», RF TIV esa bir neça bor Kreml har qanaqasiga taklifni qabul qilmasligini ma’lum qilgani bilan izohlagan.

Sammit oçilişida Volodimir Zelenskiy Şveytsariya prezidenti Viola Amerd bilan birga çiqiş qilib, öz çiqişini «bugun biz diplomatiyaga imkon bergan umumiy muvaffaqiyat kuni» sözlari bilan boşladi. Bundan taşqari, Zelenskiy bir neça uçraşuvlar ötkazdi, jumladan AQŞ vitse-prezidenti Kamala Harris bilan uçraşuvda Ukraina uçun bir yarim milliard dollar miqdoridagi yangi yordam paketi haqida anons qilindi