15-16 iyun kunlarida Şveytsariyaning Byurgenştok kurort şahrida tinçlik sammiti ötkazilmoqda. 90 dan ortiq davlatlar öz vakillarini yuborişgan, aksar mamlakatlarning davlat yetakçilari sammitda qatnaşişdi. Xöş, sammitda qanday bayonotlar berildi?

Volodimir Zelenskiy, Ukraina prezidenti:

«Hozir bu yerda Rossiya yöq. Nega? Agar Rossiya tinçlikdan manfaatdor bölganida, bu uruş ham bölmas edi. Biz birgalikda jahon uçun adolatli tinçlik nima ekani va unga uzoq muddatli erişiş uçun nimalar qilinişi lozimligini aniqlaştirib olişimiz kerak. BMT Nizomi biz uçun asosdir. Harakatlar rejasi stolimizda bölganidan söng, barça tasdiqlagaç va barça xalqlar uçun tuşunarli bölgaç, u Rossiya vakillariga ham beriladi. Ikkinçi sammitda biz uruşning çindan ham tugaganini qayd etişimiz uçun. 

Biz eng halokatli narsalardan biridan qoça oldik — dunyoning bir biriga qarama-qarşi bloklarga bölinişidan. Bu yerda Lotin Amerikasi, Afrika, Yaqin Şarq, Tinç okeani mintaqasi, Şimoliy Amerikadan vakillar bor, diniy yetakçilar kelgan — 101 iştirokçi. Heç kim boşqa uçun qaror qabul qiliş imtiyoziga ega emas. Bu haqiqiy köpqutblilik.

Uruş ğoyasi allaqaçon mağlub bölib böldi. Putin ultimatumlar tilidan adolatli tinçlikni istayotgan jahondagi köpçilik tiliga ötişi kerak».

Ursula fon der Lyayyen, Yevrokomissiya raisi:

«Rossiya-Ukraina uruşini muzlatib qöyiş yeçim emas. Bu kelgusidagi agressiv uruşlar uçun tayyor retsept böladi. Biz Ukraina uçun umumqamrovli, adolatli va barqaror tinçlikni ta’minlaşimiz kerak. Bu tinçlik şartlari Ukraina suverenitetini va hududiy yaxlitligini tiklaydi».

Jozep Borrel, Yevropa Ittifoqining xalqaro siyosat va xavfsizlik böyiça oliy vakili:

«Ukrainaga davomli agressiyasi bilan Rossiya tinçlik uçun çindan ham manfaatdor ekanini namoyiş etmayapti. Putinning qabul qilib bölmas talablari Rossiya qayta qurollanayotgan va uzoq davom etuvçi uruşga tayyorlanayotgan bir paytda bosqinni legitimlaştiriş va tinçlik sa’y-harakatlarini yöqqa çiqarişni maqsad qilgan».

Şarl Mişel, Yevropa kengaşi raisi:

«Ukraina va Rossiya örtasidagi tinçlik tomonlar örtasidagi muloqotni taqozo etadi, biroq bunday muloqot qaçon boşlanişini Kiyev hal qiladi».

Kamala Harris, AQŞ vitse-prezidenti: