"Dunyo" xabariga köra, Germaniya hukumatining migratsiya kelişuvlari böyiça maxsus vakili Yoaxim Ştamp Özbekiston tomoni bilan erişilgan mazkur kelişuvga asosiy sabab mamlakat muhim geosiyosiy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan.
Nemis naşrlarining yozişiça, maxsus vakil Yoaxim Ştamp hozirda turli davlatlar bilan hamkorlik qiliş uçun yangi hujjatlar tayyorlanayotganini ham ma’lum qilgan.
Şuningdek, GFR içki işlar vaziri Nensi Fezer "Handelsblatt" gazetasiga bergan intervyusida, Germaniyaga malakali işçilarni jalb qiliş va noqonuniy yöl bilan kirib kelgan mehnat muhojirlarini vataniga qaytarişni tezlaştirişda migratsiya kelişuvlari zarurligini ta’kidlagan.
"Vazirga köra, Özbekiston bilan muzokaralar qizğin davom etmoqda. Sönggi ikki yil içida joriy etilgan qonunçilik tufayli uşbu sohada katta muvaffaqiyatlarga erişildi", — deb yozgan Germaniya OAV.







