Respublika böyiça jami 18 481 nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi, 18 372 nafar talabgorga tavsiyanoma beriş rad etildi.
Oila va xotin-qizlar qömitasi xabar berişiça, talabgorlarning mobil telefon raqamiga tavsiyanoma berişga tavsiya etilganligi yoki rad etilganligi töğrisida xabar yuborilgan. Şuningdek, tavsiyanoma oliş uçun ariza bergan xotin-qizlar xotin-qizlar.uz elektron platformasi orqali özlarida tavsiyanoma bor yoki yöqligini tekşiriş imkoniyati yaratilgan.
Berilgan tavsiyanomalar xotin-qizlar.uz elektron platformasida mavjud. Platforma ma’lumotlari Ma’lumotlarni saqlaş va qayta işlaş markaziga köçirilganligi bois, integratsiya jarayonlarida tegişli IP manzillarda özgariş yuzaga kelgan. Hozirda mazkur texnik masalalar bartaraf etilganidan söng, berilgan tavsiyanomalar Bilim va malakalarni baholaş agentligining tegişli platformasiga integratsiya qilinadi.
Röyxatdan ötiş uçun tavsiyanomani kutiş şart emas. Hozirning özida röyxatdan ötib, fanlar majmuasini tanlaş mumkin. Qömita tomonidan tavsiyanoma olgan xotin-qizlar töğrisidagi ma’lumotlar taqdim etilişi (hafta oxirida taqdim etilişi kutilmoqda) bilan my.uzbmb.uz saytida bu ma’lumotlar aks etadi.








