Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18 va 19 iyun kunlari «döstona davlat taşrifi» bilan Şimoliy Koreyada böladi, deb xabar qildi Kreml matbuot xizmati 17 iyun, duşanba kuni. KXDRga taşrif Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning taklifiga binoan amalga oşiriladi.
Putinning yordamçisi Yuriy Uşakov sözlariga köra, Pxenyanga safar dasturi «juda voqealarga boy» böladi. Turli formatdagi muzokaralarda «eng muhim, eng nozik masalalar» muhokama qilinadi, dedi Uşakov jurnalistlarga. Rossiya delegatsiyasi tarkibida yangi mudofaa vaziri Andrey Belousov ham bor.
Bundan taşqari, Uşakovning ta’kidlaşiça, Pxenyanda Rossiya va KXDR «xalqaro siyosat, iqtisodiyot va xavfsizlik masalalari böyiça keyingi hamkorlikni» nazarda tutuvçi keng qamrovli strategik şeriklik töğrisidagi bitimni imzolaşni rejalaştirmoqda. Hozir bu hujjat tayyorgarlik bosqiçida, biroq «agar u imzolansa, 1961, 2000 va 2001 yillarda imzolangan asosiy hujjatlar örnini bosadi», dedi Uşakov.
Yangi kelişuv harbiy-texnik sohadagi hamkorlikni nazarda tutadimi, degan savolga Putinning yordamçisi şunday javob berdi: «Agar kelişuv imzolansa, u kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini belgilab beradi va u, tabiiyki, barçasini hisobga olgan holda imzolanadi. U mamlakatlarimiz örtasida sönggi yillarda xalqaro siyosat, iqtisodiy soha, barça yönalişdagi munosabatlar, şu jumladan xavfsizlik masalalarini ham hisobga oladi».
KXDR qurollarini Rossiyaga yetkaziş va muzokaralar ehtimoliy mavzulari
Ukrainaga keng kölamli harbiy hujum boşlanganidan beri Rossiya yadroviy dasturi tufayli xalqaro miqyosda yakkalanib qolgan Şimoliy Koreya bilan hamkorlikni kuçaytirdi. Ğarb davlatlari vakillarining fikriça, Pxenyan Moskvani artilleriya snaryadlari va raketalar bilan ta’minlaydi. Rossiyada bu ma’lumot na tasdiqlandi, na inkor etildi.
«Vedomosti» qayd etişiça, Putinning KXDRga taşrifi çoğida Şimoliy Koreya işçilarini Rossiyaga yuboriş masalasi ham muhokama qilinişi mumkin. Reuters agentligining eslatişiça, Ukrainaga qarşi uruş tufayli Rossiya iqtisodiyoti ötkir işçi kuçi tanqisligiga duç kelmoqda, çunki köplab erkaklar frontga jönatilgan, ularning bir qismi harbiy xizmatdan qoçiş uçun mamlakatni tark etgan.
Kim Çen Inning Rossiyaga taşrifi
Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In 2023 yil sentabrida Rossiyaga taşrif buyurib, zirhli poyezdda Uzoq Şarqqa kelgan edi. Taşrif davomida u Vladimir Putinni Şimoliy Koreyaga taklif qildi, Rossiya prezidenti bunga rozi böldi. Fevral oyida Kim Çen Inning tuğilgan kunida RF Şimoliy Koreya yetakçisiga Rossiyada işlab çiqarilgan limuzin sovğa qilgan va şu bilan BMT Xavfsizlik kengaşi tomonidan KXDR yadroviy dasturi tufayli Pxenyanga qarşi joriy qilingan sanksiyalarni buzgan edi.








