Ukrainadagi uruşdan qaytgan rossiyalik harbiy xizmatçilarning taxminan 20 foiziga post-travmatik stress buzilişi (PsB) taşxisi qöyilgan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi mudofaa vazirining yangi örinbosari Anna Tsivileva 18 iyun, seşanba kuni çop etilgan «Vedomosti» gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, frontdan qaytganlar bilan işlaş uçun psixologlar yetarli emas, tibbiy psixologlar va psixiatrlarning yordami, ba’zida hatto giyohvand moddalar bilan davolaş ehtiyoji ham yuzaga kelyapti.

Rossiya Federatsiyasi Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, 2023 yilda Rossiyada harbiylarga psixologik yordam körsatiş atigi 15 foizni taşkil etgan. Bundan taşqari, PsB taşxisi qöyilgan ba’zi askarlar frontga yuboriladi. Rasmiylar tan olişiça, muammoning miqyosi şunçalik kattaki, barça ehtiyojlarni qondiriş qiyinlaşyapti, post-travmatik sindromga ega köplab askarlar esa yordamdan boş tortmoqda. 

Ular davolanmasa jamiyat uçun xavf tuğdirişi mumkin, bundan Rossiyadagi jinoyatlar haqida xabarlar dalolat beradi. 

Mudofaa vazirining yangi örinbosari 

Avval Kemerovo viloyatini boşqargan Rossiya energetika vaziri Sergey Tsivilevning rafiqasi Anna Tsivileva bir kun avval, 17 iyunda prezident farmoni bilan mudofaa vaziri örinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Ommaviy axborot vositalari uning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarindoş ekani haqida bir neça bor yozgan.

2022 yil yanvar oyida «Agenstvo» Tsivilevaga tegişli «Kolmar» kömir kompaniyasi tomonidan davlat yordamining keng miqyosda olinişi böyiça suriştiruv e’lon qildi. Naşr uning Rossiya prezidenti amakivaççasi Yevgeniy Putinning qizi ekanligini, uning davlat rahbari bilan qarindoşlik riştalari yaşirilişini aniqladi. 

Tsivileva Ivanovoda tuğilgan, u yerda 2000-yillarning boşlariga qadar psixiatriya şifoxonasida şifokor bölib işlagan. Putin hokimiyat tepasiga kelganidan köp ötmay, u Moskvaga köçib ötdi va u yerda iqtisodiy yönalişda ta’lim olib, tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berişni boşladi. 2007 yilda u Sergey Tsivilevga turmuşga çiqdi va 5 yildan söng er-xotin «Kolmar» kömir kompaniyasining uluşiga ega bölişdi, deb yozadi «Agenstvo». 

2023 yil oxirida Anna Tsivileva Yevropa Ittifoqining sanksiyalar röyxatiga kiritilgan.