Rossiyaning Qozon şahrida 12-23 iyun kunlari BRIKS öyinlari ötkazilmoqda. Bu muqaddam öziga e’tibor tortmagan har yillik sport tadbiridir. 2024 yil u bilan bir vaqtda futbol böyiça Yevropa çempionati ham bölib ötmoqda. Rossiya propagandasi uçun esa BRIKS öyinlari qit’a çempionatidan muhimroq bölmoqda.

BRIKS öyinlari bu yil beşinçi bor ötkazilmoqda. Avvaliga u xuddi şu nomdagi taşkilot a’zolari bölgan mamlakatlar uçun kiçik musobaqa sifatida öylab topilgandi (2017 yili birinçi öyinlar ötkazilganida bunday mamlakatlar soni beşta edi: Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR). Unda asosan taniqli bölmagan yoş sportçilar qatnaşadi. Turnir har yil ötkazilişi közda tutilgandi. Uni muayyan yilda BRIKSga raislik qiluvçi mamlakat qabul qiladi. Format avvaliga juda çeklangan va faqat bir neçta sport turlari (uçtadan beştagaça) böyiça musobaqalarni öz içiga olardi. Bir safar koronavirus tufayli öyinlarni onlayn ötkazişga töğri kelgan — dasturda şaxmat, breyk-dans va uşu bor edi.

Ammo xalqaro turnirlardan çetlatilgan Rossiya 2024 yilda BRIKS öyinlari dasturi va geografiyasini jiddiy kengaytirişga qaror qildi. Taşkilotçilar formal raqamlarga qattiq e’tibor qaratmoqda: bu safargi turnirda 90 dan ortiq mamlakatdan tört yarim mingdan ortiq sportçi iştirok etib, 30 ga yaqin sport turi böyiça 387 ta medallar şodasi uçun kuraş olib bormoqda.

Şu bilan birga iştirokçi sportçilarning törtdan bir qismi faqat ikki davlat — xalqaro turnirlardan çetlatilgan Rossiya va Belarus hissasiga töğri kelmoqda. Ayrim holatlarda sportçilarga raqibning özi topilmayapti: uçta tur böyiça çiqişlar yetarli miqdorda iştirokçilar yöqligi uçun startga bir neça kun qolganida bekor qilingan.

Sinxron suziş böyiça ikkita oltin medalni rossiyalik Aleksandr Malsev qölga kiritdi. Erkin dasturda uning yakka özi çiqiş qilgan. Şohsupaga ham yolğiz kötarilgan. Texnik dasturda biroz qiyinroq bölgan — Malsev bir raqib bilan kuraşişiga töğri kelgan.

Musobaqa darajasini iştirokçilar tarkibiga qarab ham aytiş mumkin. Hatto Rossiya terma jamoasiga çaqirilgan 600 sportçidan ham faqat bir neça nafari Olimpiada yoki jahon çempionatlarida muvaffaqiyat qozongan atişi bir neça sportçi bor — gimnastikaçi Nikita Nagorniy, qiliçboz Sofya Velikaya, yengil atletikaçi Sergey Şubenkov, sinxron suzuvçi Svetlana Kolesniçenko şular jumlasidan. Boşqa mamlakatlar jamoalarida esa umuman yulduzlar yöq — masalan, Xitoy öyinlarga 100 dan ortiq sportçisini yuborgan, ammo ular orasida heç bölmaganda Olimpiada saralaşidan ötgan biror sportçi yöq.

Rossiya — çempion

Rossiya Öyinlar reytingida sözsiz peşqadamlik qilmoqda: 17 iyun holatiga rossiyaliklar 117 ta oltin medal qölga kiritgan, belaruslarda — 19, xitoyliklarda — 17 ta oltin bor.