Toşkent şahridan çiqiş joyidagi Yangi Özbekiston köçasi va 4R12 avtomobil yöli çorrahasida qöşimça tarmoq yöllari qurilişining birinçi bosqiçi yakunlandi, deb xabar qildi Özbekiston IIV Yöl harakati xavfsizligi xizmati.
Toşkent viloyatining Böstonliq tumanidagi Çimyon toğlari va Çorvoq suv ombori tomon harakatlaniş uçun tunnel oçildi. Tunneldan ötiş uçun yöldan öngga qarab ketiş kerak.
Endi haydovçilar çorrahada töxtab turişlari şart emas, u yerda dam oliş kunlari svetoforning bir neça yonib-öçişini kutişga töğri keladi, deb ta’kidladi Yöl harakati xavfsizligi xizmati.
Qarama-qarşi yönalişda harakatlaniş uçun 4R12 yölidan Yangi Özbekiston köçasiga çiqiş taşkil etildi.

Tunnel orqali oğir avtomaşinalar va xavfli yuk taşuvçi transport vositalarining harakatlanişi taqiqlanadi. Ular çorrahadan ötişlari kerak.
Yöl harakati xavfsizligi xizmati haydovçilar e’tiborini harakat yönalişini körsatuvçi belgilar mavjudligiga qaratdi.








