Estoniyaning Xaryu tuman sudi rossiyalik siyosatşunos, Tartu universiteti sobiq professori Vyaçeslav Morozovni Estoniya Respublikasiga qarşi xorijiy razvedka xizmati manfaatlari va uning nomidan sodir etilgan harakatlarda aybdor deb topib, olti yil-u uç oyga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda 18 iyun, seşanba kuni Postimees naşri xabar berdi. Morozovning tergov izolyatorida gumonlanuvçi sifatida ötkazgan vaqti uning qamoq muddati bilan hisobga olinadi.
Hukmga köra, Rossiya fuqarosi Vyaçeslav Morozov Estoniyaning içki, mudofaa va xavfsizlik siyosati, şuningdek, u bilan boğliq odamlar va infratuzilmaga oid ma’lumotlarni Rossiya maxsus xizmatlari manfaatlarini közlab töplagan, buning uçun pul mukofotlari olgan.
Sud jarayonida bir qator estoniyalik hamkasblar Morozovning aybiga şubha bildirib, u Rossiya hukumatini tanqid qilganini va 2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga hujumini qoralaganini ta’kidladi. Şu bilan birga, Vyaçeslav Morozov Rossiyaga taşrif buyurişni davom ettirdi va u yerda, tergovçilarga köra, öz kuratorlariga ma’lumot bergan. Uning hibsga olinişi ortidan universitet Morozov bilan mehnat şartnomasini töxtatayotganini e’lon qildi.
Rossiya razvedka xizmatlarining Estoniyaga qiziqişi
Estoniya xavfsizlik politsiyasi boş direktori Margot Palosson Morozov 2024 yil yanvarida hibsga olinişini izohlar ekan, Rossiya razvedka xizmatlarining Estoniyaga qiziqişi yuqoriligiça qolayotganini ta’kidladi. «Hozirgi iş öndan ortiq oldingi holatlarga qöşimça bölib, Rossiya razvedka xizmatlarining Estoniya hayoti turli sohalariga, jumladan, ilmiy tadqiqot sektoriga kirib boriş istagini körsatadi», dedi u.
Estoniyaning ETIS ilmiy axborot tizimi ma’lumotlariga köra, Vyaçeslav Morozov 2010 yilgaça Sankt-Peterburg davlat universitetida işlagan, keyin esa Tartu universiteti bilan hamkorlik qilgan. U Estoniyada yaşaş uçun ruxsatnoma olib, 2016-2023 yillarda Tartuda Yevropa Ittifoqi va rusşunoslik professori, 2023 yil 1 sentabrdan 2024 yil 11 yanvargaça esa xalqaro siyosat nazariyasi professori lavozimlarida işlagan.








